Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


Ichki audit xizmati

Alimova Ziliya Taxirdjanovna

"O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati Ichki audit xizmati boshlig‘i

 

Telefon raqami: +998781407468

Elektron pochta manzili: z.alimova@uks.uz

 

Mehnat faoliyati

2020-y. - h.v. "O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati Ichki audit xizmati boshlig‘i

 

Vazifalari

  • Jamiyat Kuzatuv kengashini ishonchli axborot bilan taʼminlash va ichki auditning amalga oshirilishi natijalari boʻyicha Jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash;
  • Ichki audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Jamiyat boshqaruviga tavsiyalarni tezkorlik bilan kiritish, ularning bartaraf etilishini nazorat qilish;
  • Har yili Jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq tegishli tekshirishlar oʻtkazish yoʻli bilan ichki auditni amalga oshirish (har chorakda va hisobot yili yakunlari boʻyicha);
  • Jamiyat tomonidan tuziladigan xoʻjalik shartnomalarining qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertiza oʻtkazish;
  • Buxgalteriya hisobini yuritishda va moliyaviy hisobotni tuzishda Jamiyatga metodik yordam berish, ularga moliya, soliq, bank qonunlari va boshqa qonunchilik masalalari boʻyicha maslahatlar berish;
  • Texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda, tashqi auditorlik tashkilotlarining takliflarini baholashda hamda auditorlik va baholovchi tekshirishlarini oʻtkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tanlashda tavsiyalarni tayyorlashda Jamiyatning Kuzatuv kengashiga va Boshqaruviga koʻmaklashish;
  • Kuzatuv kengashining qarorlari bajarilishini monitoring qilish;
  • Boʻlajak yirik bitim, Jamiyatning affilangan shaxsi bilan bitim yoki Jamiyatning affilangan shaxsi bilan yirik bitimni oʻrganish va tavsiya berish;
  • Korxonaning shuʼba xoʻjalik jamiyatlari ichki audit xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish va zaruratga qarab ularning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish.

Oxirgi yangilangan vaqti: 2025-yil 27-oktabr


Ulashish:
Yuklab olish: