Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


Investitsiya loyihalarni monitoring qilish boʻlimi

Teshaboyev Jasurbek Erkinovich

"O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati Investitsiya loyihalarni monitoring qilish boʻlimi boshlig‘i

 

Telefon raqami: +998781407404

Elektron pochta manzili: j.teshaboyev@uks.uz

 

Mehnat faoliyati

2024-y. - h.v. "O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati Investitsiya loyihalarni monitoring qilish boʻlimi boshlig‘i
2023–2024 yy “Oʻzkimyosanoat” Aksiyadorlik jamiyati Investitsiya faoliyatini istiqbolli rivojlantirish departamentining Kimyo va gaz-kimyo texnologik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish loyiha ofisi Innovatsion klaster va kichik texnoparklar guruhi menejeri
2023-2023 yy Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi boshqarmasining Yoʻl -transport infratuzilmasi boʻlimi boshligʻi
2023-2023 yy Iqtisodiyot va moliya vaziriligi Energiya resurslariga uzoq muddatli ehtiyojlarni baholash va moddiy balanslarni shakllantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi
2022–2023 yy Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziriligi Yoqilgʻi-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari
2019–2022 yy Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziriligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi tadqiqotlari markazi Mehnat unumdorligini oshirish va tejamkor ishlab chiqarishni joriy etish boʻlimi boshligʻi
2018–2019 yy Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi Toshkent viloyat boshqarmasi shoʻba mudiri, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari
2016–2018 yy Toshkent viloyati hokimligi hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmasi transport, muhandislik kommunikatsiyalari va kommunal sohani rivojlantirish boʻlimi boshligʻi
2015–2016 yy “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasining yoʻlovchi tashishni muvofiqlashtirish va yoʻnalishlar tarmogʻini optimallashtirish boʻlimi boshligʻi
2013–2015 yy Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchisi
2012–2013 yy Toshkent viloyati hokimligining yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti Tariflarni prognozlashtirish va shakllantirish boʻlimi yetakchi mutaxassisi, Barcha yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarini va harakatini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi
2011–2012 yy “Angren sement kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati komersiya boʻyicha bosh direktor oʻrinbosari, bosh direktor vazifasini bajaruvchi, bosh direktor
2009–2011 yy “Ohangaron nerud” masʼuliyati cheklangan jamiyati qoʻshma korxonasi avtotransport boʻyicha bosh direktor oʻrinbosari
2008 y “Olmaliq avtomobilchilari” xususiy korxona direktori
2001–2007 yy “Olmaliq transporti” boshqarmasi mutaxassisi

 

Vazifalari

  • Tarmoqdagi investitsiya faoliyatini istiqbolli rejalashtirish, rivojlantirish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish;
  • Yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, tahlil qilish, asoslash va amalga oshirish mexanizmlarini shakllantirish;
  • Ichki va tashqi investorlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, investitsiyalarni jalb etish va ularni samarali oʻzlashtirishni taʼminlash;
  • Investitsiya dasturlari, rivojlanish konsepsiyalari va loyiha portfellarini ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish boʻyicha rahbarlik qilish;
  • Tarmoq korxonalarida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari boʻyicha monitoring olib borish, tahlil qilish va muammolarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
  • Xalqaro moliya institutlari, banklar, donor tashkilotlar va strategik sheriklar bilan hamkorlikda investitsiya resurslarini jalb qilish ishlarini muvofiqlashtirish;
  • loyihalar samaradorligini baholash (biznes-reja, moliyaviy modellashtirish, ICHT – ichki chegarali taʼsir va boshqalar asosida);
  • hududiy va sohaviy investitsiya salohiyatini baholash, yangi istiqbolli yoʻnalishlar boʻyicha takliflar tayyorlash;
  • tegishli davlat organlari bilan investitsiya siyosati va loyihalarni muvofiqlashtirish yuzasidan muloqot va hamkorlikni amalga oshirish;
  • Investitsiyaviy xatarlar va xavflarni tahlil qilish, ularning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va joriy etish.

Oxirgi yangilangan vaqti: 2026-yil 31-mart


Ulashish:
Yuklab olish: