Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


Roʻyxatga olish va ijro intizomini nazorat qilish boʻlimi

Salixov Xurshid Ergashevich

"O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati Roʻyxatga olish va ijro intizomini nazorat qilish boʻlimi boshlig'i

 

Telefon raqami: +998781407494

Elektron pochta manzili: x.salixov@uks.uz

 

Mehnat faoliyati

2022-y. - h.v. “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Yigʻma axborot-tahlil departamentining Roʻyxatga olish va ijro intizomini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi
2018-2022 yy. Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Kotibiyatni Ijro intizomini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi, Ijro apparati Ijro intizomi boʻlimi boshligʻi, Ijro apparati Ijro, xat-xujjatlar va Boshqaruv qarorlarini nazorati boshqarmasi boshligʻi, Ijro apparati rahbar oʻrinbosari
2017-2018 yy. Xalq banki Toshkent viloyati filiali Pul muomalasi va kassa operatsiyalari boʻlimi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi
2014-2017 yy. “Ishonch” banklararo sugʻurta kompaniyasi Toshkent viloyati filiali direktori
2013-2014 yy. “Oʻzbekinvestxayot” sugʻurta kompaniyasi Toshkent shahar filiali anderrayteri
2008-2013 yy. Xalq banki Toshkent shahar filiali Pul muomalasi boʻlimi yetakchi mutaxassisi, naqd pul mablagʻlari berilishini tahlil qilish shoʻbasi mudiri, Valyuta operatsiyalari boʻlimi boshligʻi, Axborot texnologiyalari boʻlimi boshligʻi
2008-2008 yy. “Oʻzsanoatqurilishbanki” Chilonzor filiali Bek ofis tahlil xizmati bosh mutaxassisi
2006-2008 yy. Xalq banki Toshkent shahar Chilonzor filiali Ichki nazorat boʻlimi boshligʻi, yetakchi mutaxasisi
2004-2006 yy. Xalq banki Toshkent shahar Chilonzor filiali kassir, Operatsiyalari boʻlimi 2 toifali mutaxasisi, yetakchi mutaxasisi, Ichki nazorat boʻlimi boshligʻi

 

Vazifalari

  • Jamiyatga kelib tushgan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari, Oliy Majlis qaror va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror, farmoyish va topshiriqlari, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar va Jamiyat qarorlarining bajarilishi ustidan nazorat qilish, hisobotlar yuritish va doimiy monitoringni amalga oshirish;
  • Jamiyatga boshqa vazirlik va idoralardan kelib tushgan hujjatlarni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish, roʻyxatdan oʻtkazilgan hujjatlarni oʻz muddatida “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali boshqaruv raisi va rais oʻrinbosarlariga rezolyutsiya qoʻyish uchun kiritish;
  • Jamiyat rahbariyati tomonidan topshiriq sifatida belgilangan murojaat xatlarini belgilangan tartibda hamda muddatlarda koʻrib chiqilishi va oʻz vaqtida javoblar yuborilishini nazorat qilish;
  • Jamiyat boshqaruvining kengaytirilgan majlis bayonlari topshiriqlari ijrosi ustidan nazorat oʻrnatish va rahbariyatga axborot kiritish.

Oxirgi yangilangan vaqti: 2026-yil 31-mart


Ulashish:
Yuklab olish: