Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


Iqtisodiyot va biznesni rejalashtirish departamenti

Abduraxmanova Rano Abdul-Axatovna

"O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati Iqtisodiyot va biznesni rejalashtirish departamenti boshlig‘i

 

Telefon raqami: +998781407418

Elektron pochta manzili: r.abduraxmanova@uks.uz

 

Mehnat faoliyati

2019-h.v. “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati iqtisodiyot va biznesni rejalashtirish departamenti boshligʻi
2015 – 2019 “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati iqtisodiy tahlil va istiqbollashtirish  boshqarmasi boshligʻi
2006-2015 “Oʻzkimyosanoat” davlat- aksiyadorlik kompaniyasi iqtisodiy tahlil,istiqbollashtirish va xususiylashtirish boshqarmasi boshligʻi
2005-2006 “Oʻzkimyosanoat”davlat- aksiyadorlik kompaniyasi iqtisodiy tahlil va korporativ boshqaruvni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi
2004-2005  “Oʻzkimyosanoat” davlat- aksiyadorlik kompaniyasi moliya-iqtisod boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari
2003-2004 “Oʻzkimyosanoat” davlat- aksiyadorlik kompaniyasi iqtisodiy tahlil, istiqbollashtirish va xususiylashtirish boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari-iqtisodiy tahlil va istiqbollashtirish boʻlimi boshligʻi
2001-2003 “Oʻzkimyosanoat” davlat- aksiyadorlik kompaniyasi marketing va eksport saloyaxitini rivojlantirish boshqarmasining konyunktura boʻlimi bosh mutaxassisi
1997-2001 “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi marketing boshqarmasining bozor iqtisodiyoti konyunkturasi boʻlimi boshligʻi
1995-1997 “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi bozor iqtisodiyoti konyunkturasi boʻlimi yetakchi muhandisi
1994-1995 “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi kadrlar boʻlimining 1 toifa mutaxassisi
1993-1994 Oʻzbekiston davlat kimyo sanoati konserni axborot-hisoblash boʻlimi 2 toifa muhandis dasturlovchisi
1992-1993 Oʻzbekiston davlat kimyo sanoati konserni korxona va tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish boshqarmasi 3 toifa mutaxassisi
1987-1992  Mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish vazirligi qoshidamehnat boʻyicha tormoq ilmiy-tadqiqot stansiyasi muhandisi, 2 toifa muhandisi
1986-1987  Mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish vazirligi qoshidagi mehnat boʻyicha tormoq ilmiy-tadqiqot stansiyasi 1 toifali mashinistkasi

 

Vazifalari

  • Tarmoq korxonalarida moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tahlil qilish va uning asosida korxonalari faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish;
  • korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan yillik biznes-rejalarni koʻrib chiqish va tavsiyalarni tayyorlash;
  • jamiyat korxonalarining tovar mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha yillik va choraklik prognozlarini shakllantirish, belgilangan koʻrsatkichlarni bajarilishi boʻyicha tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash;
  • jamiyatning har yillik biznes-rejasini ishlab chiqish, biznes-reja koʻrsatkichlari bajarilishi boʻyicha Jamiyatning Kuzatuv kengashiga kiritish uchun tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash;
  • kimyo sanoatini rivojlantirish Strategiyasini, Jamiyat tuzilmasi tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning qisqa, oʻrta va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish, mahsulot tannarxini kamaytirish va resurslarni tejash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish;
  • tarmoq korxonalarining asosiy turdagi mahsulotlarni narxlarini shakllantirish boʻyicha tahlilini oʻtkazish.

Oxirgi yangilangan vaqti: 2026-yil 22-aprel


Ulashish:
Yuklab olish: