"O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens boshqarmasi boshlig‘i
Vazifalari
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ijro apparati, xududiy boʻlinmalari va quyi tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish;
Tizimidagi tashkilotlarda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olish va ularga qarshi kurashish;
Tarmoqda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini samarali ishlashini taʼminlash va nazorat qilish;
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ishonchli axborotnomalar va ichki audit amalga oshirilishi natijalari boʻyicha tashkilot faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash;
Huquqbuzarlik boʻyicha ichki audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tashkilot boshqaruv organlariga tavsiyalarni tezkorlik bilan kiritish, ularning bartaraf etilishini nazorat qilish;
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish hamda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobotlarni tayyorlash va belgilangan muddatlarda topshirishni amalga oshirish.