2025-yil 19-iyul
Ichki audit xizmati
Alimova Ziliya Taxirdjanovna
"O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati Ichki audit xizmati boshlig‘i
Telefon raqami: +998781407468
Elektron pochta manzili: z.alimova@uks.uz
Mehnat faoliyati
| 2020-y. - h.v. |
"O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati Ichki audit xizmati boshlig‘i |
Vazifalari
- Jamiyat Kuzatuv kengashini ishonchli axborot bilan taʼminlash va ichki auditning amalga oshirilishi natijalari boʻyicha Jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash;
- Ichki audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Jamiyat boshqaruviga tavsiyalarni tezkorlik bilan kiritish, ularning bartaraf etilishini nazorat qilish;
- Har yili Jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq tegishli tekshirishlar oʻtkazish yoʻli bilan ichki auditni amalga oshirish (har chorakda va hisobot yili yakunlari boʻyicha);
- Jamiyat tomonidan tuziladigan xoʻjalik shartnomalarining qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertiza oʻtkazish;
- Buxgalteriya hisobini yuritishda va moliyaviy hisobotni tuzishda Jamiyatga metodik yordam berish, ularga moliya, soliq, bank qonunlari va boshqa qonunchilik masalalari boʻyicha maslahatlar berish;
- Texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda, tashqi auditorlik tashkilotlarining takliflarini baholashda hamda auditorlik va baholovchi tekshirishlarini oʻtkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tanlashda tavsiyalarni tayyorlashda Jamiyatning Kuzatuv kengashiga va Boshqaruviga koʻmaklashish;
- Kuzatuv kengashining qarorlari bajarilishini monitoring qilish;
- Boʻlajak yirik bitim, Jamiyatning affilangan shaxsi bilan bitim yoki Jamiyatning affilangan shaxsi bilan yirik bitimni oʻrganish va tavsiya berish;
- Korxonaning shuʼba xoʻjalik jamiyatlari ichki audit xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish va zaruratga qarab ularning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish.