Kimyo sanoati Oʻzbekiston iqtisodiyotining bazaviy tarmoqlar sirasiga kiradi va qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishni jadallashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqib mineral oʻgʻitlar chiqaruvchi korxonalarni qurish orqali tashkil topgan.
Respublikaning zamonaviy kimyo sanoati tarixi Shorsuv oltin gugurt koni 1932-yilda ishga tushirilishi bilan boshlanadi.
1940-yilda kimyo sanoatining eng yirik korxonasi — Chirchiq elektrkimyo kombinati (bugungi kunda “Maksam-Chirchiq” AJ) mahsulot bera boshladi.
1962-yilda Fargʻona azotli oʻgʻitlar zavodi(bugungi kunda “Fargʻonaazot” AJ) ishga tushirildi.
1964 iylda Navoiy kimyo kombinati (bugungi kunda “Navoiyazot” AJ) mahsulot bera boshladi.
1969-yilda Olmaliq kimyo zavodi (bugungi kunda «Ammofos-Maksam» AJ) ishga tushirildi.
Hozirgi vaqtda “Maksam-Chirchiq”, “Navoiyazot” va “Fargʻonaazot” aksiyadorlik jamiyatlari azotli oʻgʻitlar — ammiakli selitra, karbamid, ammoniy sulfati ishlab chiqaradilar. «Ammofos-Maksam» va “Qoʻqon superfosfat zavodi” aksiyadorlik jamiyatlar fosforli oʻgʻitlar — ammofos, suprefos, oddiy ammoniyli superfosfat, ammoniysulfofosfat va nitrokalsiyfosfat — ishlab chiqaradilar. Ularni xom ashyo bilan “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJ taʼminlaydi.
Kompaniya korxonalarini ishlab chiqaradigan mahsulotlar turlaridan kelib chiqib quyidagi ishlab chiqarish majmualarga boʻlish mumkin:
“Oʻzkimyosanoat” AJ korxonalarida 180 dan ziyod turdagi kimyo mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Ishlab chiqarilgan kimyo mahsulotlari xalq xoʻjaligining koʻplab tarmoqlariga xususan, qishloq xoʻjaligi, mebel sanoati, togʻ-kon sanoati, elektrotexnika sanoati, neft va gaz sanoati, qurilish sanoati, avtomobilsozlik, oziq-ovqat sanoati va boshqalarga yetkazib beriladi.
























Oxirgi yangilangan vaqti: 2026-yil 1-iyun