"O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati Innovatsiya va yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘limi boshlig‘i
Vazifalari
Ilmiy-texnikaviy, sanoat va innovatsion sohalar tizimining yagona siyosatini taʼminlash;
kimyo sanoatida energiya va resurslarni tejashga qaratilgan innovatsion gʻoyalarni amalga oshirish uchun chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish;
Jamiyatning xoʻjalik yurituvchi subyektlarida, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash dasturlarini hamda ichki va tashqi bozorda talabgir, yuqori qoʻshimcha qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarishni taʼminlashga qaratilgan innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Jamiyat tarkibidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ilmiy-texnik va innovatsion salohiyatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish;
“Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti” MCHJ va korxonalarning markaziy laboratoriyalari bazasida respublikaga import qilinadigan kimyoviy mahsulotlarni, mahalliy mineral-xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishga yoʻnaltirilgan tadqiqotlarni tashkil etish.