2020-yil 19-avgust
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz kimyo sanoatining yetakchi korxonalaridan biri “Dehqonobod kaliy zavodi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ilk mahsulot ishlab chiqarilganligining 10 yilligi munosabati bilan muborakbod etadi.2020-yil 14-avgust
2020-yil 5-avgust
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati “Angren” ko'mir konidan foydalanishda paydo bo'lgan texnogen chiqindilarni qayta ishlash bo'yicha davlat-xususiy sheriklik asosida qo'yidagi loyihalarni amalga oshirish bo'yicha hamkorlikni taklif etadi.“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining rasmiy bayonoti
2020-yil 28-iyul
Ommaviy axborot vositalarining birida “Nega mahalliy yog'och-qirindili plitalar ishlab chiqaruvchisi innovatsion korxona faoliyatini to'xtatdi?” sarlavhali maqola e'lon qilindi. Maqolada Surxondaryo viloyatida yog'och qirindisidan tayyorlanadigan qurilish materiali (DSP) ishlab chiqaruvchi Surxon KSP-Gra kompaniyasi tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan hamda yog'och-qirindili plitalar (DSP) tayyorlashda qo'llanuvchi kimyo mahsulotlarining narxi oshganli sababli o'z faoliyatini to'xtatgani bayon qilingan. Shu munosabat bilan “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ma'lum qiladi.Hujjat qabul qilish muddati 2020 yil 20 avgustga qadar uzaytirildi
2020-yil 27-iyul
Abiturientlar va ularning ota-onalari takliflariga hamda hujjat topshiruvchilarning soni ko'pligini hisobga olgan holda Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahar filialining Qabul komissiyasi qarori bilan hujjut qabul qilish muddati 2020 yil 20-avgustga qadar uzaytirildi.2020-yil 18-iyul
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 21 iyuldagi “Navoiyazot” AJda ammiak va karbamid ishlab chiqarish korxonasi qurilishi” investitsion loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-2372-sonli qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Yaponiyaning “Mitsubishi Heavy Industries, Ltd” va “Mitsubishi Corporation” kompaniyalari konsortsiumi bilan hamkorlikda umumiy qiymati 985,74 mln. doll.ga teng investitsiyaviy loyihani amalga oshirmoqda.Rezinatexnika buyumlari ishlab chiqarishga mo'ljallangan korxona faoliyati rivojlantirilmoqda
2020-yil 7-iyul
“Birinchi rezinotexnika zavodi” mas'uliyati cheklangan jamiyati O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Angren” erkin iqtisodiy zonasi hududida rezinatexnika buyumlari zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori bilan 2014 yilda tashkil etilib 2018 yil iyul oyidan mahsulot ishlab chiqara boshladi. Korxona yiliga 3 million dona avtomobil hamda 200 ming dona qishloq xo'jaligi shinalari va 100 ming pagonometr konveyer lentasi ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mazkur zavodni qurilishiga Davlat kafolati ostidagi Xitoyning “Eksimbank” bankidan 156,4 mln. dollar mablag'lar jalb qilingan."Ammofos-Maksam" aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv Kengashi yig'ilishi o'tkazildi
2020-yil 4-iyul
"Ammofos-Maksam" aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv Kengashi yig'ilishida "Ammofos-Maksam" AJ Boshqaruvi a'zolarining vakolat muddatlarini bir yilga uzaytirish to'g'risida qaror qabul qilindi.2020-yil 3-iyul
Joriy yil 30 iyun kuni “Qo'ng'irot soda zavodi”da “A” markali “og'ir” kaltsinatsiyalangan soda olindi. Keyingi 3 kun davomida ishlab chiqarish quvvatlari to'liq rejimga chiqishi rejalashtirilmoqda.2 iyul – O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun!
2020-yil 2-iyul
O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir. O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko'rinishga ega: tog'lar, daryolar va so'l tomoni bug'doy boshoqlaridan, o'ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g'o'za shoxlaridan iborat chambarga o'ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo'lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida “O‘zbekiston” deb yozib qo'yilgan.