Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


2 iyul – O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun!

2020-yil 2-iyul

O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir.

O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko'rinishga ega: tog'lar, daryolar va so'l tomoni bug'doy boshoqlaridan, o'ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g'o'za shoxlaridan iborat chambarga o'ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo'lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida “O‘zbekiston” deb yozib qo'yilgan.


Ulashish:
Yuklab olish: