Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


Matbuot markazi

Hurmatli va aziz ustozlar!

2020-yil 30-sentabr

Sizlarni “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimida faoliyat ko'rsatayotgan barcha mehnat jamoasi nomidan “O'qituvchi va murabbiylar kuni” bilan muborakbod etamiz. Sizlarga sihat-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat va mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

Yashirin iqtisodiyot va korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha yig'ilish o'tkazildi

2020-yil 11-sentabr

Bugun 11 sentabr kuni “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida yashirin iqtisodiyot va korruptsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish yuzasidan 2020-2021 yillarga mo'ljallangan “Yo'l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash bo'yicha yig'ilish o'tkazildi.

Bugundan D.I.Mendeleev nomidagi RKTU filiali talabalari onlayn masofaviy ta'limni boshladilar

2020-yil 7-sentabr

Bugun 7-sentabr kuni D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti rektori A.G.Majuga, Toshkent shahridagi filialning Ijrochi direktori J.T.Mirzamahmudov, Filial direktori S.N.Filatova, universitet va filial xodimlari hamda Toshkent shahridagi filialning 2-kurs talabalari ishtirokida videokonferentsaloqa o'tkazildi.

“O'zkimyosanoat” AJ Boshqaruv raisining davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi tayinlandi

2020-yil 3-sentabr

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi lavozimiga filologiya fanlari nomzodi Ergasheva Shahnoza Obidjonovna tayinlandi.

“Mitsubisi Korporeyshn” va “Mitsubisi Xevi Indastriz” kompaniyalari bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish ishlarini jadallashtirish masalasi muhokama qilindi

2020-yil 31-avgust

Joriy yilning 31 avgust kuni O'zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi binosida O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o'rinbosari, “O'zkimyosanoat” AJ Boshqaruv raisi v.b. J.Mirzamahmudov ishtirokida videokonferentsaloqa orqali “Mitsubisi Korporeyshn” va “Mitsubisi Xevi Indastriz” kompaniyalari rahbariyatining vakillari bilan muzokaralar o'tkazildi.

Kirish imtixonlarining ikkinchi kuni muvaffaqiyatli o'tdi

2020-yil 27-avgust

Bugun 27 avgust kuni D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent shahridagi filialiga kirish imtihonlarining ikkinchi kuni muvaffaqiyatli o'tkazildi. Imtihon kimyo fani bo'yicha bo'lib o'tdi.

D.I.Mendeleev nomidagi RKTU Toshkent shahridagi filialiga kirish imtihonlari o'tkazildi

2020-yil 24-avgust

Bugun 24 avgust kuni D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent shahridagi filialining metematika fani bo'yicha birinchi kirish imtihoni O'zbekiston Milliy universiteti hududida bo'lib o'tdi. Imtihonlar 24-26-28 avgust kunlari uchta fan: matematika, kimyo va rus tili fanlari bo'yicha o'tkaziladi.

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining rasmiy bayonoti

2020-yil 23-avgust

O'zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasida tashkilot tizimidagi “Dehqonobod kaliy zavodi” aksiyadorlik jamiyati faoliyati yuzasidan xabar e'lon qildi va bu xabar boshqa axborot resurslarida ham tarqatildi. Shu munosabat bilan “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ma'lum qiladi.