Yashirin iqtisodiyot va korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha yig'ilish o'tkazildi
2020-yil 11-sentabr
Bugun 11 sentabr kuni “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida yashirin iqtisodiyot va korruptsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish yuzasidan 2020-2021 yillarga mo'ljallangan “Yo'l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash bo'yicha yig'ilish o'tkazildi.Bugundan D.I.Mendeleev nomidagi RKTU filiali talabalari onlayn masofaviy ta'limni boshladilar
2020-yil 7-sentabr
Bugun 7-sentabr kuni D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti rektori A.G.Majuga, Toshkent shahridagi filialning Ijrochi direktori J.T.Mirzamahmudov, Filial direktori S.N.Filatova, universitet va filial xodimlari hamda Toshkent shahridagi filialning 2-kurs talabalari ishtirokida videokonferentsaloqa o'tkazildi.2020-yil 3-sentabr
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi lavozimiga filologiya fanlari nomzodi Ergasheva Shahnoza Obidjonovna tayinlandi.2020-yil 31-avgust
Joriy yilning 31 avgust kuni O'zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi binosida O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o'rinbosari, “O'zkimyosanoat” AJ Boshqaruv raisi v.b. J.Mirzamahmudov ishtirokida videokonferentsaloqa orqali “Mitsubisi Korporeyshn” va “Mitsubisi Xevi Indastriz” kompaniyalari rahbariyatining vakillari bilan muzokaralar o'tkazildi.Kirish imtixonlarining ikkinchi kuni muvaffaqiyatli o'tdi
2020-yil 27-avgust
Bugun 27 avgust kuni D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent shahridagi filialiga kirish imtihonlarining ikkinchi kuni muvaffaqiyatli o'tkazildi. Imtihon kimyo fani bo'yicha bo'lib o'tdi.D.I.Mendeleev nomidagi RKTU Toshkent shahridagi filialiga kirish imtihonlari o'tkazildi
2020-yil 24-avgust
Bugun 24 avgust kuni D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent shahridagi filialining metematika fani bo'yicha birinchi kirish imtihoni O'zbekiston Milliy universiteti hududida bo'lib o'tdi. Imtihonlar 24-26-28 avgust kunlari uchta fan: matematika, kimyo va rus tili fanlari bo'yicha o'tkaziladi.“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining rasmiy bayonoti
2020-yil 23-avgust
O'zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasida tashkilot tizimidagi “Dehqonobod kaliy zavodi” aksiyadorlik jamiyati faoliyati yuzasidan xabar e'lon qildi va bu xabar boshqa axborot resurslarida ham tarqatildi. Shu munosabat bilan “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ma'lum qiladi.2020-yil 19-avgust
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz kimyo sanoatining yetakchi korxonalaridan biri “Dehqonobod kaliy zavodi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ilk mahsulot ishlab chiqarilganligining 10 yilligi munosabati bilan muborakbod etadi.2020-yil 5-avgust
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati “Angren” ko'mir konidan foydalanishda paydo bo'lgan texnogen chiqindilarni qayta ishlash bo'yicha davlat-xususiy sheriklik asosida qo'yidagi loyihalarni amalga oshirish bo'yicha hamkorlikni taklif etadi.