2020-yil 6-noyabr
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv Kengashining yig'ilish bayonnomasiga asosan “O'zkimyosanoatloyiha” AJ Bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib Qosimov Zafarbek Ilzatovich tayinlandi.2020-yil 5-noyabr
“O'zkimyosanoat” atsiyadorlik jamiyati yagona aksiyadorining qaroriga muvofiq, Mirzamaxmudov Jo'rabek Tursunpo'latovich Boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi.2020-yil 5-noyabr
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati “Navoiyazot” AJdagi investitsion loyihalar ijrosi jumladan, korxonadagi ammiak va karbamid ishlab chiqarish kompleksida olib borilayotgan so'nggi tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi. Shu yerning o'zida Yaponiyaning “Mitsubisi Heavy Industries” hamda “Mitsubisi Corporation” kompaniyalarining ishlab chiqarishdagi mas'ullari bilan loyihani ishga tushirish-sozlash ishlarini yanada jadallashtirish bo'yicha muzokaralar o'tkazildi. Shundan so'ng ammiak va karbamid ishlab chiqarish rahbar-xodimlari bilan kompleks ko'zdan kechirildi hamda ilk mahsulot olish ishlarini tezlashtirish bo'yicha ko'rsatmalar berildi. Hozirgi kunda kelishilgan grafikka asosan ammiak ishlab chiqarish qismida tabiiy gaz yetkazib berish boshlandi va tegishli texnologik qurilmalarda sozlash ishlari olib borilmoqda.2020-yil 31-oktabr
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimdagi korxona-tashkilotlar faoliyati bilan jurnalist va blogerlarni yaqindan tanishtirish va OAV bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan tasdiqlangan 2020 yil davomida press-tur tashkil etish rejasiga muvofiq, 2020 yil 29-30 oktabr kunlari Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Dehqonobod kaliy zavodi” aksiyadorlik jamiyatiga press-tur tashkil etildi.2020-yil 29-oktabr
D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Tushin majmuasida rektor A.G.Majuga boshchiligida ushbu oliy ta'lim muassasasi rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazildi.Malaka oshirish kurslarida dolzarb masalalar muhokama etilmoqda
2020-yil 23-oktabr
Milliy Mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan "Media va kommunikatsiyalar maktabi" loyihasi doirasida matbuot kotiblari uchun malaka oshirish kursi o'tkazilmoqda. Uch kun davom etadigan malaka oshirish kurslarida vazirlik, idora, tashkilot va kompaniyalar Matbuot kotiblari qatorida "O'zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati Matbuot xizmati rahbari ham ishtirok etmoqda.2020-yil 21-oktabr
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 21 oktabr O'zbek tili bayrami kuni va o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 31 yilligi munosabati bilan “Til – millat ko'zgusi” mavzusida videokonferentsaloqa shaklida tadbir tashkil etildi.2020-yil 16-oktabr
D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filialining birinchi kurs talabalari uchun 2020-2021 o'quv yilining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda Rossiya kimyo-texnologiya universiteti rektori A.G.Majuga, Toshkent shahridagi filial ijrochi direktori J.T.Mirzamaxmudov, filial direktori S.N.Filatov, filial xodimlari va talabalar ishtirok etdilar.2020-yil 6-oktabr
Bugun 6 oktabr kuni D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialiga qo'shimcha kirish imtihonlarining birinchi kuni bo'lib o'tdi. Imtihonlar 6-9 oktabr kunlari uchta fan: matematika, kimyo va rus tili fanlari bo'yicha o'tkaziladi.2020-yil 30-sentabr
Sizlarni “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimida faoliyat ko'rsatayotgan barcha mehnat jamoasi nomidan “O'qituvchi va murabbiylar kuni” bilan muborakbod etamiz. Sizlarga sihat-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat va mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.