Qabulxona: +998949047999
Devonxona: +998792292236
Ishonch telefoni: +998792244111
Elektron pochta manzili: office@kungradsoda.uz
EXAT pochta manzili: qonirat.soda@exat.uz
Manzil: 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri, 5
| Marketingga oid ma'lumot | |
|---|---|
| Ishlab chiqariladigan mahsulotlar va ko'rsatiladigan xizmatlarning asosiy turlari | Kaltsiylangan soda, texnik tuzi |
| Ishlab chiqarishda zarur bo'lgan asosiy xom-ashyo | Texnik maqsadlar uchun ko'l tuzi, ohaktosh |
| Asosiy mahalliy iste'molchilar | Oyna ishlab chiqarish va kimyo sanoati korxonalari, qurilish korxonalari |
| Asosiy chet ellik iste'molchilar | Qirg'iziston, Turkiya |
“Qo‘ng‘irot soda zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyati — O‘zbekiston kimyo sanoatining yirik korxonalaridan biri bo‘lib, Markaziy Osiyoda kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqaradigan yagona zavod hisoblanadi.
Zavodni barpo etish uchun asos bo‘lgan hujjat — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 2-martdagi “Qo‘ng‘irot soda zavodini qurish to‘g‘risida”gi 79-son qarori hisoblanadi. Ushbu qarorga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida mahalliy xom ashyolardan foydalangan holda xalq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqaruvchi yirik kimyo korxonasini qurish belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi hamda “O‘zkimyosanoat” DAKning taklifiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 14-maydagi 158-son qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan “Qo‘ng‘irot soda zavodi qurilishini yakunlash to‘g‘risida”gi topshiriqlar belgilandi va qurilish ishlari jadal sur’atlarda davom ettirildi.
Zavod qurilishining asosiy maqsadi — mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlash, import o‘rnini bosuvchi kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va xalq xo‘jaligi tarmoqlarining sodaga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirishdan iboratdir. Soda (Na₂CO₃) — kimyo sanoatining eng muhim mahsulotlaridan biri bo‘lib, u yengil sanoat, metallurgiya, sellyuloza-qog‘oz, shisha, silikagel, yuvish vositalari ishlab chiqarish, shuningdek issiqlik elektr stansiyalari, qozonxonalar va suv tozalash tizimlarida keng qo‘llaniladi.
Loyiha boʻyicha yillik quvvati 100 ming tonna ishlab chiqarishga mo’ljallangan. Korxona 2006-yili ishga tushirilgan.
2012-yil 16-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1853-sonli “Qo‘ng‘irot soda zavodi” korxonasida soda ishlab chiqarishni kengaytirish investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror asosida zavodning ishlab chiqarish quvvatini 200 ming tonnaga oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.2016-yilda loyiha to‘liq yakunlandi. Natijada “Qo‘ng‘irot soda zavodi”ning ishlab chiqarish quvvati yiliga 200 ming tonna kalsinatsiyalangan soda ga yetkazildi. Ishlab chiqarish jarayonlari Honeywell va Siemens kompaniyalarining zamonaviy avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari yordamida boshqariladi.Zavodda kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqarishda an’anaviy Solvay (ammiakli) usuli qo‘llaniladi.
Texnologiyaning o‘ziga xos jihati, bunda ohaktosh (CaCO₃)ni koks bilan emas, balki tabiiy gaz yordamida yondirish orqali tarkibida 29 foiz CO₂ bo‘lgan o‘choq gazi olinadi. Bu texnologiya energiya sarfini kamaytirish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Bugungi kunda “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MChJ:
O‘zbekiston ichki bozorini kimyoviy mahsulotlar bilan ta’minlab kelmoqda;
Korxona faoliyati natijasida mamlakat kimyo sanoati tarmog‘ining barqaror rivojlanishiga, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga va hudud iqtisodiyotining yuksalishiga sezilarli hissa qo‘shilmoqda.
Oxirgi yangilangan vaqti: 2026-yil 25-may