
Umarov Iskandar Gayratovich
Qabulxona: +998781504141
Devonxona: +998781507284
Matbuot xizmati: +998559000111
Ishonch telefoni: +998559000111
Elektron pochta manzili: info@ammofos-maxam.uz
EXAT pochta manzili: ammofos@exat.uz
Manzil: 110100, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Olmaliq shahri



| Marketingga oid ma'lumot | |
|---|---|
| Ishlab chiqariladigan mahsulotlar va ko'rsatiladigan xizmatlarning asosiy turlari | Ammofos, ammoniy sulfat fosfat, suprefos, ammoniy sulfati, DVP, elektrolit, oltin gugurt kislotasi, ozuqa fosfati (chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik sanoati uchun), trinatriyfosfat va boshqalar |
| Ishlab chiqarishda zarur bo'lgan asosiy xom-ashyo | Fosfor uni, oltin gugurt, ammiak |
| Asosiy mahalliy iste'molchilar | Qishloq xo'jaligi, kimyo va sanoatning boshqa tarmoq korxonalari |
| Asosiy chet ellik iste'molchilar | Tojikiston, Afg'oniston, Xitoy |
«Ammofos-Maxam» AJ – O‘zbekiston Respublikasining Qizilqum fosforitlaridan murakkab azot-fosforli mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi yirik korxonalardan biridir. Ushbu korxona «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiradi va mamlakatning kimyo sanoati sohasidagi yetakchi ishlab chiqaruvchilardan hisoblanadi. Korxona sanoat maydoni Olmaliq shahrida joylashgan. Korxonaning umumiy maydoni 522,5 gektarni tashkil etadi. «Ammofos-Maxam» AJning geografik joylashuvi va qulay transport tarmog‘i, ishlab chiqarishning samarali va raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlaydi. Ushbu korxonaning mahsulotlari nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro bozorda ham talabgor bo‘lib, mamlakatning qishloq xo‘jaligi va kimyo sanoatiga katta hissa qo‘shmoqda.
1969-yil 18-dekabrda ekstraksion fosfor kislotasi (EFK) va ammofos ishlab chiqarishning birinchi bosqichi ishga tushirildi. Jahon amaliyotida ilk marotaba 24,5% fosfor angidridini (P2O5) o‘z ichiga olgan Qoratog‘ fosforitlaridan do nadorlangan ammofos ishlab chiqarish texnologiyasi o‘zlashtirildi. 1973-yilda ikkinchi navbat, 1978-yilda esa ishlab chiqarishning uchinchi navbati ishga tushirildi. 1980-yilda korxonaning ikkinchi navbatida rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.
1992-yil fevral oyida Olmaliq kimyo zavodi Olmaliq «Ammofos» ishlab chiqa rish birlashmasiga, 2001-yil avgust oyida Ochiq Aksiyadorlik Jamiyati – «Ammofos» OAJga o‘zgartirildi. 2008-yilda «MAXAM International S.L.U» xorijiy kompaniyasi korxona aksiyalarining 49 foizini sotib oldi. Bu o‘zgarish natijasida korxona nomi «Ammofos-Maxam» OAJga o‘zgartirildi, u «Ammofos» OAJning huquqiy vorisi bo‘lib, bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Adliya boshqarmasining 2009-yil 19-fevraldagi 322-sonli guvohnomasi berilgan. 2014-yilda «Ammofos-Maxam» OAJ «Ammofos-Maxam» AJ deb qayta nomlandi. Qayta ro‘yxatdan o‘tish Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan amalga oshirildi va bu haqida 2014-yil 22-oktabrdagi 159-sonli guvohnoma berilgan.
Oxirgi yangilangan vaqti: 2026-yil 25-may