Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


"MAXAM-Chirchiq" aksiyadorlik jamiyati

Mannonov Dilshod Erkinovich

«Maxam-Chirchiq» AJ Boshqaruv raisi

 

Marketingga oid ma'lumot
Ishlab chiqariladigan mahsulotlar va ko'rsatiladigan xizmatlarning asosiy turlari Ammiakli selitra, karbamid, ammoniy sulfati, ammiak, ammiakli suv, azot kislotasi, katalizatorlar, ammoniy karbonati, uglerodoksidi gazi, karbomid ammiak qorishmasi, zichligi kam bulgan ammiyakli selitra, ammiak ishlab chikarish uchun katalizatorlar, fosfomochevina, magniy sulfati va boshqalar
Ishlab chiqarishda zarur bo'lgan asosiy xom-ashyo Tabiiy gaz, kaustik soda, oltin gugurt, texnik solyan kislotasi, formalin, metanol, monoetanolamin
Asosiy mahalliy iste'molchilar Qishloq xo'jaligi, kimyo va sanoatning boshqa tarmoqlar korxonalari
Asosiy chet ellik iste'molchilar Qozog'iston, Tojikiston, Afg'oniston, Turkmaniston, Qirg'iziston, Xitoy, Turkiya

KORXONA TARIXI HAQIDA

Korxona chuqur tarixga ega bo‘lib, Markaziy Osiyoda azotli oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchi birinchi korxona hisoblanadi. 1940-yilda foydalanishga topshirilgan korxona O‘zbekistonda kimyo sanoatining asoschisiga aylandi va Chirchiq shahrini qurish uchun asos bo‘lib xizmat qildi.

Korxona uzoq yillar davomida ishlab chiqarish va innovatsiyalar bo‘yicha yetakchi korxonalardan biri bo‘lib kelmoqda.

  • 1932-yilda Chirchiq azotli o‘g‘itlar zavodini qurish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Korxona ishga tushirilgan vaqtdan boshlab “Chirchiq Elektrokimyokombinati” deb nomlandi.
  • 1975-yilda zavod “Elektrokimyosanoat” ishlab chiqarish birlashmasi deb qayta nomlandi.
  • 2002-yil 25-yanvarda Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish boʻyicha Davlat dasturiga muvofiq “Elektrokimyosanoat” ishlab chiqarish birlashmasi “Elektrokimyosanoat” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.
  • 2007-yilda xorijiy investor - Maxam Corp, S.A.U. korporatsiyasi tomonidan aksiya paketlari sotib olingandan so‘ng, nomi “Maxam-Chirchiq” AJ deb o‘zgartirildi.

85 yildan buyon korxona O‘zbekistonda mineral o‘g‘itlar va boshqa kimyoviy mahsulotlar yirik ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Korxona faoliyat yuritgan yillar davomida ishlab chiqarilayotgan va yetkazib berilayotgan yuqori sifatli mahsulotlarga iste’molchilarning qiziqishi sezilarli darajada oshdi.

Barqarorlik va mustahkamlik korxonani mahalliy va horijiy korxonalar oldida yirik va raqobatbardosh ishlab chiqaruvchi sifatida tavsiya etdi. Bugungi kunda korxonada 40 dan ortiq turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda: karbamid, ammiakli selitra, ammoniy sulfat, KAS, suyuq texnik ammiak, suvli texnik ammiak, konsentrlangan nitrat kislota, konsentrlanmagan nitrat kislota, suyuq va gazsimon ikki oksidli uglerod va boshqalar. Ushbu mahsulotlar kimyo, elektronika, metallurgiya, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoatlarida, qishloq xo‘jaligida va boshqa sohalarda ham keng qo‘llaniladi.
“Maxam-Chirchiq” AJ tarkibida O‘zbekiston hududida yagona bo‘lgan katalizator ishlab chiqarish sanoat yo‘nalishi o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Mustaqillik yillarida “Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyatida Davlat dasturlari va boshqa chora-tadbirlar dasturlari doirasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmini oshirish, tannarxini pasaytirish, energiya resurslari sarfini qisqartirish, ekologik vaziyatni yaxshilash, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarining ishini barqarorlashtirish maqsadida quyidagi loyihalar amalga oshirildi:

  • “Ammiak-76” yirik quvvatli blokni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish”.
  • “Ammiakli selitrani Big-Beg qoplarga qadoqlash liniyasini qurish.”
  • “Karbamid ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash”.
  • “Past zichlikdagi ammoniy nitrat (g‘ovakli selitra) ishlab chiqarilishini tashkil etish.
  • “AK-72 va AK-72M azot kislotasi ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash”.
  •  “Mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishning barqaror ishlashini ta’minlash uchun xomashyo ishlab chiqarishni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish.

Hozirgi kunda korxonada ishlab chiqarish sexlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshirilmoqda, jumladan:

1. “Konsentrlanmagan nitrat kislota ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish” loyihasi.

Loyihaning asosiy maqsadi – KMA-2 kompleks mashina blokini modernizatsiya qilish orqali AK-72M blokining konsentrlanmagan nitrat kislotani ishlab chiqarishini barqaror ishlashini ta’minlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishonchlilik ko‘rsatkichlarini oshirish, texnik xizmat ko‘rsatish qobiliyatini yaxshilash hisobiga havo unumdorligini oshirish va konsentrlanmagan nitrat kislota blokining loyiha quvvatini oshirish – mahsulot ishlab chiqarishni kamida kuniga 1250 tonnaga yetkazishdir.

2. “Karbamid ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish” loyihasi.

Loyihaning asosiy maqsadi - modernizatsiya qilingan uskunalarni yetkazib berish va turli tadbirlarni amalga oshirish orqali karbamid ishlab chiqarishni kuniga 1000 tonnaga yetkazishdir. Modernizatsiya avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy qilishni o‘z ichiga oladi.

3. “Ammiak-76 yirik tonnajli ammiak agregatini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish” loyihasi.

Rekonstruksiya va modernizatsiya qilishning asosiy maqsadi - agregatning ish unumdorligini kuniga 2100 tonnagacha oshirish, energiya sarfini kamaytirish va zararli moddalarning yalpi chiqindilarini kamaytirishdir.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-oktabrdagi “Kimyo va gaz-kimyo sanoatini strategik rivojlantirishning maqsadli dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 388-sonli Qaroriga muvofiq kimyo sanoati tizimida amalga oshirilayotgan investisiya loyihalari ro‘yxatiga kiritilgan.

Oxirgi yangilangan vaqti: 2026-yil 25-may


Ulashish:
Yuklab olish: