2019-yil 5-aprel
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori2019 yilning yanvar-mart oylarida “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyati natijalari to'g'risida
2019-yil 5-aprel
2019 yilning yanvar-mart oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1636,8 mlrd. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 120,6%ni tashkil qildi. Sof holda 334,96 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 252,17 ming tonna azotli, 37,77 ming tonna fosforli va 45, 02 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi. Hisobot davrida birja savdolariga fizik holda 1276,5 ming tonna mineral o'g'it chiqarildi va shundan 681,7 ming tonnasi sotildi.“O'zkimyosanoat” AJda uchrashuv
2019-yil 16-mart
2019 yil 14 mart kuni “O'zkimyosanoat” AJda jamiyat boshqaruvi raisi O.Temirov “Air prodacts and chemicals” (AQSh) korporatsiyasi prezidenti janob Seyfi Gasemi boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv o'tkazdi.Barcha harakatlarimiz aholini ish bilan ta'minlash, iqtisodiyotimizni rivojlantirishga qaratilgan
2019-yil 13-mart
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 12 mart kuni Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi.2019 yilning yanvar-fevral oylarida “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyati natijalari to'g'risida
2019-yil 7-mart
2019 yilning yanvar-fevral oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1041,4 mlrd. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 125,7%ni tashkil qildi. Sof holda 215,36 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 161,75 ming tonna azotli, 23,6 ming tonna fosforli va 30 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi. Hisobot davrida birja savdolariga fizik holda 817,9 ming tonna mineral o'g'it chiqarildi va shundan 456,1 ming tonnasi sotildi.Neft-gaz va kimyo sanoatini yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi
2019-yil 28-fevral
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 21 fevral kuni neft-gaz va kimyo sanoatida olib borilayotgan islohotlar natijadorligini tahlil qilish, ushbu tarmoqlarni tizimli rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi.Sirdaryo iqtisodiy rivojlanish, ma'naviy yuksalish manzili sifatida namuna bo'ladi
2019-yil 25-fevral
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni, bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 19 fevral kuni Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi, shu jumladan Yangier shahrida tashkil etilishi rejalashtirilgan ammiak va karbamid zavodi qurilishi maydonida bo'ldi.2019 yilning yanvar oyida “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyati natijalari to'g'risida
2019-yil 5-fevral
Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari!
2019-yil 25-yanvar
“O'zkimyosanoat” AJ matbuot-xizmati 2019 yil 25 yanvar kuni soat 11:00 respublika bosma va elektron OAV vakillari uchun 2018 yil yakuni bo'yicha kimyo tarmog'i korxonalari faoliyati natijalari to'g'risida matbuot-anjuman o'tkazilishini xabar qiladi. O'zbekiston jurnalistlari hamjamiyati hamda “O'zkimyosanoat” AJ o'rtasida o'zaro manfaatli muloqot o'rnatilishining ahamiyatini nazarda tutib, “O'zkimyosanoat” AJ matbuot-xizmati tahririyat vakilillarini ushbu tadbirda ishtirok etish uchun taklif qiladi va matbuot-anjuman ishtirokchilari ro'yxatini tuzish maqsadida vakillar ismi-sharifi hamda bog'lanish telefoni bo'yicha ma'lumotni joriy yil 24 yanvar soat 18:00-gacha 78-140-74-26 telefon raqami yoki z.roziev@uks.uz elektron manzil orqali xabar qilishingizni so'raymiz. Matbuot-anjuman quyidagi manzilda o'tkaziladi - Toshkent shahri, Navoiy ko'chasi, 38.