Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


“O'zkimyosanoat” AJda uchrashuv

2019-yil 16-mart

2019 yil 14 mart kuni “O'zkimyosanoat” AJda jamiyat boshqaruvi raisi O.Temirov “Air prodacts and chemicals” (AQSh) korporatsiyasi prezidenti janob Seyfi Gasemi boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv o'tkazdi.

Olib borilgan muzokaralar davomida tomonlar  “O'zkimyosanoat” AJ  va “Air prodacts and chemicals” korporatsiyasi o'rtasida o'zaro manfaatli va yaqin hamkorlik rishtalarini o'rnatish masalalari yuzasidan fikrlar bilan almashib, Sirdaryo viloyatining Yangier shahrida ammiak va karbamid  ishlab chiqarish zavodini qurish hamda sanoat gazla ishlab chiqarish bo'yicha investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish  niyatlarini tasdiqladilar.


Ulashish:
Yuklab olish: