“O'zkimyosanoat” AJ matbuot-xizmati 2019 yil 25 yanvar kuni soat 11:00 respublika bosma va elektron OAV vakillari uchun 2018 yil yakuni bo'yicha kimyo tarmog'i korxonalari faoliyati natijalari to'g'risida matbuot-anjuman o'tkazilishini xabar qiladi. O'zbekiston jurnalistlari hamjamiyati hamda “O'zkimyosanoat” AJ o'rtasida o'zaro manfaatli muloqot o'rnatilishining ahamiyatini nazarda tutib, “O'zkimyosanoat” AJ matbuot-xizmati tahririyat vakilillarini ushbu tadbirda ishtirok etish uchun taklif qiladi va matbuot-anjuman ishtirokchilari ro'yxatini tuzish maqsadida vakillar ismi-sharifi hamda bog'lanish telefoni bo'yicha ma'lumotni joriy yil 24 yanvar soat 18:00-gacha 78-140-74-26 telefon raqami yoki z.roziev@uks.uz elektron manzil orqali xabar qilishingizni so'raymiz.
Matbuot-anjuman quyidagi manzilda o'tkaziladi - Toshkent shahri, Navoiy ko'chasi, 38.
“O'zkimyosanoat” AJ matbuot xizmati