Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


“Oʻzkimyosanoat” AJda kiber-gigiyena bo‘yicha seminar-trening

2025-yil 15-oktabr

Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi sharoitida kiber-xavfsizlik va kiber-gigiyenaga amal qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan “Oʻzkimyosanoat” AJda Avtomatlashtirilgan axborot-analitik markazi, jamiyat boʻlimlari va tizim korxonalari xodimlari ishtirokida kiber-savodxonlikni oshirishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi.

Tadbirda "Kiberxavfsizlik markazi" DUK mutaxassislari ishtirokida konfidensial ma’lumotlarni himoya qilish, ko‘p faktorli autentifikatsiya, fishing va kiber-firibgarlik, messendjer va elektron pochta xavfsizligi, shuningdek, sun’iy intellekt yordamida sodir etilayotgan kiberjinoyatlar kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.

Mazkur tadbir xodimlaring kiber-savodxonligini oshirish hamda axborot xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati

Oxirgi yangilangan vaqti: 2025-yil 29-oktabr


Ulashish:
Yuklab olish: