2025-yil 21-oktabr
O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi va 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “O‘zkimyosanoat” AJda “Ona tilim — faxrim!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.2025-yil 20-oktabr
Koreyalik olimlar glyukozadan aromatik uglevodorodlar olish texnologiyasini ishlab chiqdilar
2025-yil 20-oktabr
Koreya Ilg‘or Fan va Texnologiya Instituti (KAIST) tadqiqotchilari glyukoza va glitserin kabi qayta tiklanuvchi uglerod manbalaridan muhim aromatik uglevodorodlar — benzol, toluol, etilbenzol va para-ksilol (BTEX) — olish imkonini beradigan integrallashgan bioximiyaviy jarayonni yaratdilar. PNAS (Proceedings of the National Academy of Sciences) jurnalida chop etilgan maqolaga ko‘ra, ushbu ishlanma neft-kimyo tarmog‘ini qazib olinadigan xom-ashyolarga bo‘lgan qaramligini kamaytirish asosiga aylanishi mumkin.2025-yil 17-oktabr
2025-yil 16-oktabr
“Oʻzkimyosanoat” AJ Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasida faol ishtirok etmoqda
2025-yil 16-oktabr
Joriy yilning 16-17-oktyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahridagi "Oq qush" majmuasida Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi oʻtkazilmoqda. Ushbu muhim tadbir sanoat sohasidagi yirik tarmoq korxonalari va mahalliy tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida samarali hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, yangi investitsiya va loyihalarni rejalashtirishga qaratilgan.2025-yil 15-oktabr
“Oʻzkimyosanoat” AJda kiber-gigiyena bo‘yicha seminar-trening
2025-yil 15-oktabr
Tadbirda "Kiberxavfsizlik markazi" DUK mutaxassislari ishtirokida konfidensial ma’lumotlarni himoya qilish, ko‘p faktorli autentifikatsiya, fishing va kiber-firibgarlik, messendjer va elektron pochta xavfsizligi, shuningdek, sun’iy intellekt yordamida sodir etilayotgan kiberjinoyatlar kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.2025-yil 14-oktabr
Kimyo sanoatida sof texnologiyalar muhokama qilindi
2025-yil 14-oktabr
Poytaxtimizda kimyo sanoatining kelajagi, undagi zamonaviy tendensiyalar va ekologik yechimlar muhokamasiga bag‘ishlangan muhim tadbir — “Kimyo sanoatida sof texnologiyalar: fan, tajriba, istiqbollar” III xalqaro ilmiy-texnik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati va Innovatsion rivojlanish agentligi hamkorligida tashkil etildi.