2020-yil 29-dekabr
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida O'zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda tashkilotda korruptsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish yuzasidan 2020-2021 yillarga mo'ljallangan “Yo'l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar bo'yicha yig'ilish o'tkazildi.2020-yil 28-dekabr
Bugun, 28 dekabr kuni “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” korxonasida superfosfat mineral o'g'itini ishlab chiqarishning birinchi bosqichi ishga tushirildi. Loyiha doirasida yiliga 350 ming tonna fosforli o'g'itlar ishlab chiqariladi va mahsulotning asosiy qismi respublikamiz qishloq xo'jaligi ehtiyoji uchun yo'naltiriladi. Loyiha “Indorama Holdings BV” kompaniyasining 30,0 mln. dollar miqdordagi to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalari hisobiga amalga oshirildi.2020-yil 26-dekabr
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida “Qirg'iziston o'g'it yetkazib beruvchilar assotsiatsiyasi” yuridik shaxslar uyushmasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.2020-yil 24-dekabr
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tashabbuslari bilan 2016 yil sentabr oyida “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida qurilishi boshlangan “Ammiak va karbamid ishlab chiqarish” majmuasida barcha ishlar yakunlanib, 2020 yil 23 dekabr kuni ilk karbamid mahsuloti olindi.2020-yil 11-dekabr
Gulyamov Sardor Alisherovich “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Yig'ma axborot-tahlil departamentining Hujjatlarni ro'yxatga olish va nazorat qilish bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.“Qo'ng'irot soda zavodi” MChJda davlat tilida ish yuritilish holati o'rganildi
2020-yil 10-dekabr
Mamlakatimiz kimyo sanoatida o'ziga xos o'ringa ega bo'lgan “Qo'ng'irot soda zavodi” O'rta Osiyoda kaltsiylashtirilgan soda ishlab chiqaruvchi yagona korxonadir. Mazkur zavodda mahalliy xom-ashyolardan ishlab chiqariladigan mahsulot nafaqat ichki bozor ehtiyojlarini qoplaydi, balki tashqi bozorga ham eksport qilinadi.2020-yil 7-dekabr
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta'minlash borasidagi eng asosiy huquqiy hujjat hisoblanadi. Ushbu tarixiy kunda barchangizga va oila a'zolaringizga sihat-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat tilaymiz. Yurtimizda doimo tinchlik va hotirjamlik barqaror bo'lsin!“Konstitutsiya – baxtimiz poydevori”
2020-yil 7-dekabr
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkilotning markaziy apparati va tarmoq korxonalari xodimlari ishtirokida videokonferentsaloqa orqali O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” mavzusida tadbir o'tkazildi.D.I.Mendeleev nomidagi RKTU Toshkent shahridagi filiali Vasiylik kengashining yig'ilishi o'tkazildi
2020-yil 3-dekabr
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent shahridagi filiali Vasiylik Kengashining yig'ilishi o'tkazildi. Videokonferentsaloqa orqali o'tkazilgan yig'ilishda D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti rektori A.G.Majuga, Toshkent shahridagi filialning Ijrochi direktori J.T.Mirzamaxmudov, Filial direktori S.N.Filatov, universitet va filial mas'ul xodimlari, Vasiylik kengashi a'zolari, “Indorama”, “Lukoyl O'zbekiston opereyting kompani”, “Sibur xolding” kabi xorij kompaniyalarning vakillari hamda kimyo va neft-gaz korxonalari ishtirok etdi.