2021-yil 29-yanvar
D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti federal davlat byudjet oliy ta'lim muassasasining Toshkent shahridagi filialiga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti administratsiyasining delegatsiyasi rasmiy tashrifi bo'lib o'tdi.2021-yil 28-yanvar
Hozirda ijtimoiy tarmoqda muhokama qilinayotgan masalalardan biri Jizzax viloyati Mirzacho'l tumani “Ipak yo'li” QFYda yashovchi bir guruh fuqarolarning “Ipak yo'li” QFYda joylashgan “Zilol buloq” MChJga qarashli ammofos ishlab chiqarish sexidan chiqayotgan zaharli gazlarning inson salomatligiga salbiy ta'siri yuzasidan qilingan videomurojaati “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan o'rganib chiqilib, quyidagilarni ma'lum qiladi.2021-yil 23-yanvar
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Boshqaruv raisining tizimdagi korxona va tashkilotlarning yoshlar yetakchilari bilan uchrashuvi tashkil etildi. Videokonferentsaloqa orqali o'tkazilgan uchrashuvda “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxona va tashkilotlar yoshlar yetakchilari, korxona rahbar-xodimlari va faol yoshlar ishtirok etdi.Ta'lim jarayonini ishlab chiqarish bilan uyg'unlashtirishga qaratilgan amaliy muloqot tashkil etildi
2021-yil 23-yanvar
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ta'lim jarayonini ishlab chiqarish bilan uyg'unlashtirish hamda ishlab chiqarish loyihalarini ilmiy-texnik jihatdan takomillashtirishga qaratilgan amaliy muloqot tashkil etildi. Tadbirda Toshkent kimyo-texnologiya instituti professor o'qituvchilari, ilmiy xodimlari, “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxona-tashkilotlar rahbar-xodimlari hamda vazirlik idoralar vakillari ishtirok etdi.“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida yoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi
2021-yil 22-yanvar
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Boshqaruv raisining tizimdagi korxona va tashkilotlarning yoshlar yetakchilari bilan uchrashuvi tashkil etildi. Videokonferentsiya orqali o'tkazilgan uchrashuvda “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxona va tashkilotlar yoshlar yetakchilari, korxona rahbar-xodimlari va faol yoshlar ishtirok etdi.“Vatanni himoya qilish – fuqarolik burchimiz”
2021-yil 14-yanvar
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 14 yanvar – “Vatan himoyachilari” kuni munosabati bilan “Vatanni himoya qilish – fuqarolik burchimiz” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.Korporativ boshqaruv tizimini baholash uchun mustaqil tashkilotni tanlash
2021-yil 13-yanvar
2020 yil yakuni, shuningdek 2021 yil birinchi chorak, olti oy, to'qqiz oy va yil yakuni natijalari bo'yicha jamiyatda korporativ boshqaruv tizimini baholash uchun mustaqil tashkilotni tanlash bo'yicha tanlov e'lon qiladi.2021-yil 8-yanvar
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yilgi faoliyati yakunlari va 2021 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ustuvor vazifalar taqdimoti yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.2021-yil 8-yanvar
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 noyabrdagi neft-gaz kimyosi sanoatidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan asosiy vazifalar to'g'risida o'tkazilgan yig'ilishning 93-son bayonnomasiga asosan o'tkazilayotgan tanlov “O'zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida yuqori texnologiyalarga ega bo'lgan raqobatbardosh innovatsion mahsulotlar (tovarlar, ishlar, xizmatlar)ni yaratish uchun texnologik jarayonlarni takomillashtirish, mahalliy yoki ikkilamchi xom-ashyolarni qayta ishlash orqali joriy etishga qaratilgan. Taklif etilayotgan loyihalar amaliy natijaga ega bo'lishi va O'zbekiston Respublikasi hududida ushbu loyihani amalga oshirish va ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyati bo'lishi zarur.O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasida ilk karbamid mahsuloti sotildi
2020-yil 31-dekabr
“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilgan ilk karbamid mahsuloti joriy yilning 30 dekabr kuni O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasining ertalabki birja savdolariga qo'yildi. Birja yakuniga ko'ra birinchi haridor Xorazm viloyatida ro'yxatdan o'tgan “Xonqa osiyo savdo” MChJ bo'ldi. “Xonqa osiyo savdo” MChJga 151,7 million so'mlik 68 tonna karbamid mahsuloti sotildi.