Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


XUSHXABAR

2023-yil 28-avgust

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz ikki yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan "Dehqonobod kaliy zavodi" AJ togʻ-kon majmuasi yer osti kon tozalash va tayyorlash uchastkasi mashinisti Toʻraqulov Zokir Hamrayevich “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. (Zokir Toʻraqulov 39 yoshda. 2019-yildan buyon mazkur zavodda mashinist sifatida faoliyat yuritib kelmoqda).

Ushbu mukofot yurtimiz kimyo sanoatida faoliyat yuritayotgan barcha fidoiy xodimlarga qaratilgan yuksak eʻtirof ramzidir!

“Oʻzkimyosanoat” AJ hamda koʻp ming sonli kimyogarlar nomidan Zokir Hamrayevichni ushbu sharafli mukofot bilan tabriklaymiz!

Oxirgi yangilangan vaqti: 2024-yil 5-yanvar


Ulashish:
Yuklab olish: