Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


Tarmoq korxonalari xodimlari oʻrtasida “Oʻzkimyosanoat kubogi” musobaqalariga start berildi

2025-yil 25-avgust

Bugun RKTUning Toshkent shahridagi filialida “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari ishchi-xodimlari oʻrtasida mini-futbol, stol tennisi, voleybol, basketbol, gandbol hamda shaxmat boʻyicha musobaqalar boshlandi. 

Sport tadbirlari mamlakatimiz mustaqilligining 34 yillik bayramini munosib oʻtkazish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash, ishchi-xodimlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish va korporativ birdamlik ruhini shakllantirish maqsadida tashkil etildi. 

Taʼkidlash joiz, mazkur turnirda 200 dan ortiq sportchi xodimlar ishtirok etishmoqda. Musobaqalarning keyingi kunlari basketbol, gandbol va erkaklar o'rtasida voleybol boʻyicha bahslar boʻlib oʻtadi. 

Tadbirlar 28-avgust kunigacha davom etadi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
 

Oxirgi yangilangan vaqti: 2025-yil 28-avgust


Ulashish:
Yuklab olish: