Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


RKTUning Toshkent shahri filialida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

2026-yil 27-aprel

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF-33-son "Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to‘g‘risida"gi Farmoni mazmun-mohiyati va uni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida tashkil etildi.

Muloqotda mazkur farmon ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Shuningdek, erta nikohlarni oldini olish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va nikohning huquqiy asoslarini mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi. Tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tib, talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Ular bilan fikr almashish jarayonida, taklif va mulohazalari tinglandi.

Bu kabi muloqotlar yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.


 

Oxirgi yangilangan vaqti: 2026-yil 28-aprel


Ulashish:
Yuklab olish: