Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


“Paxtachi” MFY hududida yashovchi ishsiz yoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi

2026-yil 24-fevral

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoni ijrosini ta’minlash doirasida “O‘zkimyosanoat” AJga Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani “Paxtachi” MFY hududida yashovchi ishsiz yoshlar biriktirilgan.

Mazkur topshiriq ijrosini samarali tashkil etish maqsadida “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining birinchi o'rinbosari Jahongir Mustafayev ushbu yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda har bir yoshning ma’lumoti, amaliy ko‘nikmalari hamda kelgusidagi mehnat faoliyatiga oid maqsadlari atroflicha muhokama qilindi. Shu bilan birga, ularning ijtimoiy ahvoli va mavjud muammolari batafsil o‘rganildi.

Tahlillar asosida yoshlarni ish bilan ta’minlash, kasbga yo‘naltirish, malaka oshirish kurslariga jalb etish hamda manzilli amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi. 

Belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.


 

Oxirgi yangilangan vaqti: 2026-yil 24-fevral


Ulashish:
Yuklab olish: