Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


Tarmoq yangiliklar

Ona tilim — faxrim!

2025-yil 21-oktabr

O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi va 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “O‘zkimyosanoat” AJda “Ona tilim — faxrim!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Koreyalik olimlar glyukozadan aromatik uglevodorodlar olish texnologiyasini ishlab chiqdilar

2025-yil 20-oktabr

Koreya Ilg‘or Fan va Texnologiya Instituti (KAIST) tadqiqotchilari glyukoza va glitserin kabi qayta tiklanuvchi uglerod manbalaridan muhim aromatik uglevodorodlar — benzol, toluol, etilbenzol va para-ksilol (BTEX) — olish imkonini beradigan integrallashgan bioximiyaviy jarayonni yaratdilar. PNAS (Proceedings of the National Academy of Sciences) jurnalida chop etilgan maqolaga ko‘ra, ushbu ishlanma neft-kimyo tarmog‘ini qazib olinadigan xom-ashyolarga bo‘lgan qaramligini kamaytirish asosiga aylanishi mumkin.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasida faol ishtirok etmoqda

2025-yil 16-oktabr

Joriy yilning 16-17-oktyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahridagi "Oq qush" majmuasida Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi oʻtkazilmoqda. Ushbu muhim tadbir sanoat sohasidagi yirik tarmoq korxonalari va mahalliy tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida samarali hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, yangi investitsiya va loyihalarni rejalashtirishga qaratilgan.

“Oʻzkimyosanoat” AJda kiber-gigiyena bo‘yicha seminar-trening

2025-yil 15-oktabr

Tadbirda "Kiberxavfsizlik markazi" DUK mutaxassislari ishtirokida konfidensial ma’lumotlarni himoya qilish, ko‘p faktorli autentifikatsiya, fishing va kiber-firibgarlik, messendjer va elektron pochta xavfsizligi, shuningdek, sun’iy intellekt yordamida sodir etilayotgan kiberjinoyatlar kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.

Kimyo sanoatida sof texnologiyalar muhokama qilindi

2025-yil 14-oktabr

Poytaxtimizda kimyo sanoatining kelajagi, undagi zamonaviy tendensiyalar va ekologik yechimlar muhokamasiga bag‘ishlangan muhim tadbir — “Kimyo sanoatida sof texnologiyalar: fan, tajriba, istiqbollar” III xalqaro ilmiy-texnik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati va Innovatsion rivojlanish agentligi hamkorligida tashkil etildi.