Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning yangi tartibida haqida ma'lum qiladi

2020-yil 31-mart

Mamlakatimizda koronavirus infektsiyasining tarqalishining oldini olishga hamda hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlarni yanada samarali tashkil etishga ko'maklashish maqsadida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati hujjat aylanishi (xat va yozma murojaatlarni qabul qilish)ni vaqtincha elektron shaklda amalga oshirishini ma'lum qiladi.

Shuningdek, “O'zkimyosanoat” AJ Boshqaruv raisi va o'rinbosarlarining  yuridik va jismoniy shaxslarni bevosita qabul qilishi ham vaqtincha to'xtatiladi.

Shu munosabat bilan barcha murojaatlar quyidagi shaklda qabul qilinadi:

Ishonch telefon raqami: (78) 140-74-48;

Devonxona telefon raqami: (78) 140-74-59;

Elektron pochta manzili: uzkimyosanoat@uks.uz

E-xat manzili: uzkimyosanoat@exat.uz


Ulashish:
Yuklab olish: