Mamlakatimizda koronavirus infektsiyasining tarqalishining oldini olishga hamda hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlarni yanada samarali tashkil etishga ko'maklashish maqsadida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati hujjat aylanishi (xat va yozma murojaatlarni qabul qilish)ni vaqtincha elektron shaklda amalga oshirishini ma'lum qiladi.
Shuningdek, “O'zkimyosanoat” AJ Boshqaruv raisi va o'rinbosarlarining yuridik va jismoniy shaxslarni bevosita qabul qilishi ham vaqtincha to'xtatiladi.
Shu munosabat bilan barcha murojaatlar quyidagi shaklda qabul qilinadi:
Ishonch telefon raqami: (78) 140-74-48;
Devonxona telefon raqami: (78) 140-74-59;
Elektron pochta manzili: uzkimyosanoat@uks.uz
E-xat manzili: uzkimyosanoat@exat.uz
source:
"O'zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati