Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


“O‘zkimyosanoat” AJ: tadbirkorlar bilan muloqotlar davom etmoqda

2026-yil 26-may


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik jarayonlari doirasida “O‘zkimyosanoat” AJ rahbariyati hududlarda tadbirkorlik sub’yektlari va biznes vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.



Ushbu muloqotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — tadbirkorlarning murojaatlari, taklif va muammolarini tizimli o‘rganish hamda ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishdan iborat.


 
Jamiyat boshqaruv raisining moliya, transformatsiya va xususiylashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Jahongir Mustafayevning Toshkent shahrida o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida tadbirkorlar tomonidan xom-ashyo importi, mahsulotlarga muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirish, logistika, bojxona bojlari va boshqa yo‘nalishlardagi masalalar ko‘tarildi.
 
Muloqotlar davomida tadbirkorlarni qiynab kelayotgan qator muammolar yuzasidan tezkor yechimlar ishlab chiqildi. Qo‘shimcha o‘rganish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni talab etadigan masalalar bo‘yicha esa amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.


 

Oxirgi yangilangan vaqti: 2026-yil 26-may


Ulashish:
Yuklab olish: