Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


O‘zbekiston viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi delegatsiyalari "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparki faoliyati bilan tanishdilar

2026-yil 8-iyun

Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi boshchiligidagi delegatsiyalar "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparkiga tashrif buyurdi.

Mehmonlar texnopark rezident-korxonalarining ishlab chiqarish jarayonlari, sanoat ishlab chiqarishiga zamonaviy texnologiyalar va raqamli yechimlarni joriy etish bo‘yicha ilg‘or tajribalari, shuningdek, asosiy sanoat infratuzilmasi obyektlari bilan tanishdilar.

Delegatsiyalar a’zolari "Chirchiq" texnoparkida qo‘llanilayotgan boshqaruv mexanizmlari samaradorligini yuqori baholadilar. Mazkur tajribaning O‘zbekiston hududlarida shunga o‘xshash sanoat maydonlarini barpo etish va rivojlantirishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

 

 

Oxirgi yangilangan vaqti: 2026-yil 8-iyun


Ulashish:
Yuklab olish: