2019-yil 25-yanvar

Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari!

“O'zkimyosanoat” AJ matbuot-xizmati  2019 yil 25 yanvar kuni soat 11:00 respublika bosma va elektron OAV vakillari uchun 2018 yil yakuni bo'yicha kimyo tarmog'i korxonalari faoliyati natijalari to'g'risida matbuot-anjuman o'tkazilishini xabar qiladi. O'zbekiston jurnalistlari hamjamiyati hamda “O'zkimyosanoat” AJ o'rtasida o'zaro manfaatli muloqot o'rnatilishining ahamiyatini nazarda tutib, “O'zkimyosanoat” AJ matbuot-xizmati tahririyat vakilillarini ushbu tadbirda ishtirok etish uchun taklif qiladi va matbuot-anjuman ishtirokchilari ro'yxatini tuzish maqsadida vakillar ismi-sharifi hamda bog'lanish telefoni bo'yicha ma'lumotni joriy yil 24 yanvar soat 18:00-gacha   78-140-74-26  telefon raqami yoki  z.roziev@uks.uz  elektron manzil orqali xabar  qilishingizni so'raymiz.

Matbuot-anjuman quyidagi manzilda o'tkaziladi - Toshkent shahri, Navoiy ko'chasi, 38.

“O'zkimyosanoat” AJ matbuot xizmati