Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


Matbuot anjumani

2020-yil 16-yanvar

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Matbuot xizmati O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 apreldagi “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish to'g'risida”gi PQ-4265-sonli Qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etilishini ma'lum qiladi.

Hurmatli ommaviy axborot vositasi vakillari va blogerlar Sizlarni 2020 yil 17 yanvar kuni soat 11:00da O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o'tkazilishi ko'zda tutilgan ushbu matbuot anjumanida ishtirok etishga taklif qilamiz.

Murojat uchun telefon raqami: 78 140-74-26. 

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati


Ulashish:
Yuklab olish: