Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


Bugun Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirining birinchi yaʼni, onlayn roʻyxatdan oʻtish bosqichi boshlandi

2026-yil 15-yanvar

Mamlakat taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega boʻlgan ushbu tadbirning natijadorligini taʼminlash va sifatli oʻtkazish maqsadida “Oʻzkimyosanoat” AJ vakillaridan iborat ishchi guruhi biriktirilgan hududlarda qator amaliy ishlarni tashkil qilmoqda. 

Prezidentimizning 2025-yil 19-sentabrdagi “Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi doirasida “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosari A.Kurbanov boshchiligidagi ishchi guruhi poytaxtimizning Uchtepa tumanida boʻldi.

 

Aholini roʻyxatga olish boʻyicha tuzilgan shtabda reja asosida tashkil etiladigan ishlar kelishib olindi, ayrim kamchiliklar joyida barataraf etildi.

Shuningdek, tumandagi “Katta Qani” MFYga tashrif buyurilib, tadbirga tayyorgarlik holati oʻrganildi. Mahalla yettiligi vakillari bilan suhbat oʻtkazilib, tegishli tavsiyalar berildi.


 

Oxirgi yangilangan vaqti: 2026-yil 15-yanvar


Ulashish:
Yuklab olish: