Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi davom etmoqda

2026-yil 10-fevral

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-son Farmoni ijrosi doirasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi davom etmoqda. 

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumaniga biriktirilgan “Oʻzkimyosanoat” AJ vakillari ishtirokida aholini roʻyxatga olish jarayoni boʻyicha mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi yettilik faoliyati oʻrganildi.Oʻrganish jarayonida mahalla yettiliklariga tegishli tushuntirishlar va amaliy koʻrsatmalar berildi.

Jumladan, “Zavqiy” va “Xojamahmud” mahalla fuqarolar yigʻinlariga tashrif buyurildi va aholini xatlovdan oʻtkazish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalar aniqlanib, ularni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrildi.


 

Oxirgi yangilangan vaqti: 2026-yil 10-fevral


Ulashish:
Yuklab olish: