Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


“Oʻzkimyosanoat” AJda davlat tili nufuzini oshirish borasidagi ishlar eʼtirof etildi

2026-yil 5-iyun

Joriy yilning 3–4-iyun kunlari Namangan davlat universitetida “Global integratsiya sharoitida turkiy tillar taraqqiyoti: muammo va vazifalar” mavzusida III xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Mazkur nufuzli anjumanda mamlakatimizning turli hududlari hamda 12 ta xorijiy davlatdan 100 ga yaqin tilshunos olimlar va mutaxassislar ishtirok etdi.

Konferensiya davomida davlat tilining jamiyat hayotidagi oʻrnini mustahkamlash, uning sofligini saqlash, boyitish, aholining nutq madaniyatini yuksaltirish hamda davlat tilida ish yuritish samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Tadbirda “Oʻzkimyosanoat” AJ va uning tizim tashkilotlarida davlat tili imkoniyatlaridan toʻliq va toʻgʻri foydalanish, rasmiy hujjatlar yuritilishini takomillashtirish, davlat tili madaniyatini yuksaltirish yoʻnalishida olib borilayotgan ishlar alohida eʼtirof etildi.

Oxirgi yangilangan vaqti: 2026-yil 5-iyun


Ulashish:
Yuklab olish: