
Qabulxona: +998559000111
Devonxona: +998559000111
Matbuot xizmati: +998559000111
Ishonch telefoni: +998559000111
Elektron pochta manzili: chirchiqtexnopark@gmail.com
EXAT pochta manzili: chempark@exat.uz
Manzil: 111700, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, V. Xaydarov ko‘chasi 1a





“Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki haqida ma'lumot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevraldagi “Toshkent viloyatida “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-116-sonli qaroriga asosan, “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki tashkil etilgan.
Ma’lumot uchun: 2022-yil 23-mart kuni Tatariston Respublikasi Prezidentining tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov ishtirokida “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan. Texnoparkning umumiy maydoni 27,1 gektar bo‘lib, 3 maydonda joylashgan:
1-maydoni: “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi hududi – 17,06 gektar;
2-maydoni: Yuqoridagi birlashmaning pastki hududi – 5,42 gektar;
3-maydoni: Sobiq “Maksam-Chirchiq” AJning metal natriy ishlab chiqarish sexi №51 – 4,64 gektar.
2023-yil 20-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-127-sonli “Jizzax” va Toshkent viloyatlarida kimyo- industrial texnoparklarini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Oxirgi yangilangan vaqti: 2026-yil 31-mart