Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


Matbuot markazi

Kimyo tarmogʻi eksport geografiyasini kengaytirmoqda - infografika

2025-yil 6-avgust

Xususan, yilning birinchi yarim yilligida 307,4 mln dollarlik mahsulot eksport qilindi. Bu rejaga nisbatan 111,3 foizni, oʻsish surʼati esa 135,6 foizni tashkil etdi. Mahsulotlar 55 ta davlatga eksport qilindi, shundan 167,6 mln dollarlik mineral oʻgʻitlar, 139,7 mln dollarlik kimyoviy mahsulotlar eng yirik ulushga ega boʻldi.

2030-yilga kelib metanol va ammiakka boʻlgan global talab taklifdan oshib ketishi mumkin

2025-yil 5-avgust

Jahon kimyo sanoati xabarlari: 2030-yilga kelib dunyoda metanol va ammiak ishlab chiqarish surʼatlari talab oʻsishi surʼatlariga yetisha olmasligi mumkin.

Maslahat kengashlari uchun “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquq va imkoniyatlarini yanada kengaytirish” mavzusida oʻquv-seminari bo'lib o'tdi

2025-yil 5-avgust

Bugun poytaxtimizda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan Osiyo taraqqiyot bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida Maslahat kengashlari uchun “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquq va imkoniyatlarini yanada kengaytirish” mavzusida oʻquv-seminari bo'lib o'tdi.

Importni qisqartirish – mahalliylashtirish orqali amalga oshmoqda

2025-yil 4-avgust

Oʻzbekistonda sanoat tarmoqlarini diversifikatsiya qilish, ichki xomashyo va resurslardan samarali foydalanish, shuningdek, importga boʻlgan qaramlikni kamaytirish boʻyicha izchil ishlar olib borilmoqda. Bu jarayonda kimyo sanoati alohida oʻrin tutadi. Xususan, “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan Mahalliylashtirish dasturi doirasidagi natijalar buni yaqqol tasdiqlaydi.

Korrupsiyaviy harakatlarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar koʻrilmoqda

2025-yil 31-iyul

Bugungi kunda “Oʻzkimyosanoat” AJ va uning tarmoq korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mineral oʻgʻitlarni mamlakatimizning barcha hududlaridagi isteʼmolchilarga qisqa vaqtlarda, mavsumiy zaruratga koʻra, tezkorlik bilan yetkazib berish maqsadida joylarda vakolatli omborlar tashkil etilgan.

Yangi loyihalar – yangi imkoniyatlar

2025-yil 31-iyul

Joriy yilning birinchi yarmida mamlakatimizda iqtisodiy rivojlanishga qaratilgan muhim loyihalar amalga oshirildi. Jumladan, “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq koxonlarida yanvar-iyun oylarida jami 282,4 million dollar investitsiyalar oʻzlashtirildi va reja 100,5 foizga bajarildi.