2015-yil 22-mart
Barchangizni go'zallik va nafosat bayrami – 8 mart –Xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etib, Sizlarga o'zimizning yuksak hurmat-ehtirom va samimiy tabriklarimizni izhor etishga ijozat bergaysiz.
Hayotingizda rizqi-nasibangiz ziyoda, go'zallik va mehr-muhabbat doim Sizga yor bo'lsin!
Oilangizning baxtu-saodatini, farzandlaringizning kamolini ko'rish har biringizga nasib etsin!
Ishlab chiqarish hajmi oshmoqda
2015-yil 12-mart
Qashqadaryo viloyatidagi “Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodi” unitar korxonasida keng ko'lamli qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Prezidentimizning 2011 yil 17 noyabrdagi “Dehqonobod kaliyli o'g'it zavodini ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish (II-bosqich)” investitsion loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo'lmoqda.2014 yil yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” DAK korxonalari faoliyati to'g'risida
2015-yil 22-yanvar
2014 yilning yanvar-dekabr oylarida "O'zkimyosanoat” korxonalarida 2011.5 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 106,8%) hamda 171,9 mlrd so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 109,7%) ishlab chiqarildi. Sof holda 1212,1 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 979,24 ming tonna azotli o'g'itlar, 136,51 ming tonna fosforli o'g'itlar va 96,36 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.2014-yil 30-dekabr
“O'zkimyosanoat” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi mamlakatimiz kimyogorlari nomidan butun O'zbekiston xalqini Yangi 2015 yil bilan muborakbod etib, barchaga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat va mustahkam sog'liq tilaydi. Jonajon Vatanimizning gullab-yashnashi yo'lidagi ezgu ishlaringizda hamisha omad yor bo'lsin, aziz hamyurtlar!2014-yil 17-dekabr
UK "Qo'ng'irot soda zavodi" ehtiyojlari uchun «Tuz yuvish uskunasi»ni sotib olish uchun tender e'lon qiladi. Tenderda mahsulotni tegishli miqdorda etkazib berish bo'yicha tajribaga, shuningdek, mahsulot va / yoki ularning vakolatli etkazib beruvchi ishlab chiqaruvchilari bilan, jumladan, kichik biznes xorijiy firma va tashkilotlar, shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari (etkazib beruvchilari), uchun ochiq .2014-yil 23-oktabr
2014 yilning 9 oyi yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1479 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 104,1%) hamda 140,7 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 129,5%) ishlab chiqarildi. Sof holda 881,91 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 718,55 ming tonna azotli o'g'itlar, 101,72 ming tonna fosforli o'g'itlar va 61,64 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.Istiqlolimizning 23-yilligi bilan tabriklaymiz!
2014-yil 26-avgust
“O'zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi respublikamiz kimyogarlari nomidan O'zbekiston xalqini hammamiz uchun eng ulug', eng aziz sana – Vatanimizning Mustaqillik kuni, Istiqlolimizning 23-yilligi bilan tabriklaydi!
Ushbu nurafshon ayyomda barchaga mustahkam sog'liq, yaxshi kayfiyat,oilaviy baxt-saodat va yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!
El-yurtimiz omon, osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!
NPK murakkab mineral o'g'itni ishlab chiqarish
2014-yil 11-avgust
«Samarqandkimyo» AJ NPK murakkab mineral o'g'itni ishlab chiqarishni boshladi (15:15:15). Mazkur o'g'itni bo'yicha savollar va qiziqishlar bilan «Zzkimyosanoat» DAK ning Markenting va TIA boshqarmasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojjat qilishingiz mumkin: (998 71) 140 74 52, (998 71) 140 74 36.2014-yil 22-iyul
2014 yilning I yarimyilik yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” korxonalarida 995,3 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 103,6%) hamda 91,3 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 134,4%) ishlab chiqarildi. Sof holda 589,68 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 466,87 ming tonna azotli o'g'itlar, 76,44 ming tonna fosforli o'g'itlar va 46,37 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.