2018 yil yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyati to'g'risida
2019-yil 15-yanvar
2018 yil yakuni bilan “O'zkimyosanoat” korxonalarida 4,17 trln. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarildi. Sof holda 1170,77 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 847,98 ming tonna azotli o'g'itlar, 140,38 ming tonna fosforli o'g'itlar va 182,41 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.2018-yil 28-dekabr
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi mamlakatimiz kimyogorlari nomidan butun O'zbekiston xalqini Yangi 2019 yil bilan muborakbod etib, barchaga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat va mustahkam sog'liq tilaydi. Jonajon Vatanimizning gullab-yashnashi yo'lidagi ezgu ishlaringizda hamisha omad yor bo'lsin, aziz hamyurtlar!2018 yilning yanvar-noyabr oylarida “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyati to'g'risida
2018-yil 5-dekabr
2018 yilning yanvar-noyabr oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 3,6 trln. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 100,1 %ni tashkil qildi. Sof holda 1061,11 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 769,44 ming tonna azotli, 128 ming tonna fosforli va 163,68 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi. Hisobot davrida birja savdolariga fizik holda 2829,6 ming tonna mineral o'g'it chiqarildi va shundan 2011, 2 ming tonnasi sotildi.2018-yil 3-dekabr
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz kimyogarlari nomidan O'zbekiston xalqini ulug' bayram – Konstitutsiya kuni bilan chin dildan qutlaydi! Mehnatsevar, qo'li gul xalqimizning yaratuvchanlik va bunyodkorlik jabhasida erishayotgan yutuqlari tobora ko'payib, yurtimiz kundan-kun chiroy ochaversin! Har bir xonadonga tinchlik va omonlik, baxt-saodat, dasturxonlariga qut-baraka, amalga oshirayotgan xayrli ishlariga omad tilaymiz!2018 yilning yanvar-avgust oylarida “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyati to'g'risida
2018-yil 14-noyabr
2018 yilning yanvar-iyul oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 3,3 trln. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 101,6%ni tashkil qildi. Sof holda 975,52 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 708.38 ming tonna azotli, 116,24 ming tonna fosforli va 150,9 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.2018 yilning yanvar-avgust oylarida “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyati to'g'risida
2018-yil 11-sentabr
2018 yilning yanvar-iyul oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 2,5 trln. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 104,1%ni tashkil qildi. Sof holda 694,04 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 780,5 ming tonna azotli, 92,0 ming tonna fosforli va 120,8 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.Istiqlolimizning 27-yilligi bilan!
2018-yil 27-avgust
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati respublikamiz kimyogarlari nomidan O'zbekiston fuqarolarini hammamiz uchun eng ulug', eng aziz sana – Vatanimizning Mustaqillik kuni, Istiqlolimizning 27-yilligi bilan tabriklaydi! Ushbu nurafshon ayyomda barchaga mustahkam sog'liq, yaxshi kayfiyat,oilaviy baxt-saodat va yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz! El-yurtimiz omon, osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!2018 yilning yanvar-iyul oylarida “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyati to'g'risida
2018-yil 3-avgust
2018 yilning yanvar-iyul oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 2,2 trln. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 105,2%ni tashkil qildi. Sof holda 694,04 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 512,44 ming tonna azotli, 77,8 ming tonna fosforli va 103,8 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.2018-yil 13-iyul
2018 yil 29 iyun kuni “Navoiyazot” AJda “O'zkimyosanoat” korxonalarning innovatsion rivojlanishi” mavzuida ilmiy-amaliy seminar o'tkazildi. Uning ishida O'zbekiston Fanlar Akademiyasi huzuridagi mutasaddi ilmiy-tadqiqot institutlar va respublika oliy o'quv yurtlarning rahbarlari va yetakchi olimlari, Germaniyaning “Thyssen Krupp Industrial Solutions AG” va “Maschinenfabrik Gustav Eirich GmbH” hamda Ukrainaning “TECHNOCHIM” kompaniyalari mutaxassislari, shuningdek “O'zkimyosanoat” AJ korxonalarining bosh muhandislari va yetakchi xodimlari ishtirok etishdi."O'zkimyosanoat" AJ Korporativ boshqaruv qoidalarining tavsiyalarini bajarish majburiyatini oldi
2018-yil 10-iyul
"O'zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati 2018 yil 30 iyunda yagona aksiyadorning qarori bilan 2018 yil 1 iyundan boshlab davlat aksiyadorlik jamiyatlarining samaradorligini oshirish va Komissiya yig'ilishining 208 yil 27 apreld agi 24/1-989 sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan, davlat ishtirokidagi korxonalar uchun Korporativ boshqaruv qoidalarining tavsiyalarini bajarish majburiyatini oldi.