Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


Matbuot markazi

“OʻZKIMYOSANOAT” AJDA ERON ISLOM RESPUBLIKASI NEFT VAZIRINING OʻRINBOSARI AHMAD ASADZODA BOSHCHILIGIDAGI DELEGATSIYA BILAN UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI

2022-yil 12-sentabr

“Oʻzkimyosanoat” AJda Eron Islom Respublikasi Neft vazirining oʻrinbosari Ahmad Asadzoda boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda ikki mamlakat oʻrtasida neft-kimyo sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatlari, jumladan, kimyo sanoati mahsulotlari eksport va importi borasida hamkorlikni kengaytirish, birgalikda yuqori qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 9-sentabr sanasidagi savdo yakunlari

2022-yil 9-sentabr

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2022-yil 9-sentabr sanasidagi yakuni bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.

“OʻZKIMYOSANOAT” HAMDA “NAVOIYAZOT” AKSIYADORLIK JAMIYATLARINING RASMIY BAYONOTI

2022-yil 7-sentabr

Ommaviy axborot tarmoqlarida, jumladan, Kompromatuzb, podrobno.uz ijtimoiy tarmoqlari va NAVOIY VIIB I RASMIY telegram kanalida “Navoiyazot” AJ tomonidan Zarafshon daryosiga tashlanadigan ifloslangan suvlar tarkibida azot kislotasi miqdori tavsiya qilinganidan ortib ketganligi natijasida Zarafshon daryosida yashovchi tirik jonzotlar nobud boʻlgan” mazmunidagi maʼlumotlar keng tarqalmoqda.

O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 5-sentabr sanasidagi savdo yakunlari

2022-yil 5-sentabr

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2022-yil 5-sentabr sanasidagi yakuni bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.

“Oʻzkimyosanoat” hamda “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatlarining RASMIY BAYONOTI

2022-yil 5-sentabr

OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda “Zarafshon daryosida yana baliqlar nobud boʻldi, bunga «Navoiyazot” va “Navoiy IES” korxonalarining daryoga tashlaydigan oqova suvlari sabab boʻlishi mumkin» mazmunidagi maʼlumotlar keng tarqalmoqda. Holat yuzasidan “Oʻzkimyosanoat” hamda “Navoiyazot” AJlar quyidagilarni maʼlum qiladi.

O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 30-avgust sanasidagi savdo yakunlari

2022-yil 30-avgust

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2022-yil 30-avgust sanasidagi yakuni bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.

“YANGI OʻZBEKISTONDA EL AZIZ, INSON AZIZ”

2022-yil 30-avgust

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yillik shodiyonasi arafasida “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan Jamiyatda uzoq yillar davomida mehnat faoliyatini olib borgan pensionerlar holidan xabar olinib, ularga bayram sovgʻasi sifatida zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi topshirildi.

“Navoiyazot” AJ uchastka boshligʻi Safarov Sunnatillo Suyunovich “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi

2022-yil 30-avgust

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatining Polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi uchastka boshligʻi Safarov Sunnatillo Suyunovich “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi.

“Oʻzkimyosanoat” AJda davlat tilida ish yuritish va oʻzbek tilini keng targʻib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Tashkiliy qoʻmita tomonidan oʻrganish olib borildi

2022-yil 30-avgust

Joriy yilning 29-avgust kuni Oʻzbek tilini targʻib qiluvchi ijodiy izlanishlarni ragʻbatlantirish va ommalashtirishga qaratilgan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” Respublika tanlovi doirasida, “Oʻzkimyosanoat” AJda davlat tilida ish yuritish va oʻzbek tilini keng targʻib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Tashkiliy qoʻmita tomonidan oʻrganish olib borildi.