Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


Matbuot markazi

O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 27-dekabr sanasidagi savdo yakunlari

2022-yil 27-dekabr

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2022-yil 27-dekabr sanasidagi yakuni bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 26-dekabr sanasidagi savdo yakunlari

2022-yil 26-dekabr

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2022-yil 26-dekabr sanasidagi yakuni bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.

“O‘zkimyosanoat” AJ Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot – 2022” respublika tanlovida faxrli 2-o`rinni qo‘lga kiritdi

2022-yil 26-dekabr

Joriy yil 26-dekabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan, 4600 dan ortiq ishtirokchilarni qamrab olgan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot – 2022” respublika tanlovida “O‘zkimyosanoat” AJ xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi Sanobar Abduraxmanovaning ish faoliyati faxrli 2-o‘ringa munosib ko‘rildi.

ENERGETIKA VAZIRLIGI, “OʻZKIMYOSANOAT” AJ VA ACWA POWER OʻRTASIDA YASHIL AMMIAK ISHLAB CHIQARISH BOʻYICHA INVESTITSION HAMKORLIK TOʻGʻRISIDA BITIM IMZOLANDI

2022-yil 23-dekabr

Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi – Saudiya Arabistoni Podshohligi biznes-forumi doirasida 2022-yilning 23-dekabr kuni Energetika vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” AJ va ACWA Power (Saudiya Arabistoni) oʻrtasida yashil ammiak ishlab chiqarish boʻyicha investitsion hamkorlik toʻgʻrisida “Asosiy Shartlar” (Heads of Terms) bitimi imzolandi. Unga ko`ra yashil ammiak ishlab chiqarish loyihasi 2 bosqichda amalga oshiriladi.

“OʻZKIMYOSANOAT” AJ TARMOQ KORXONALARIDA 2022 YIL MOLIYAVIY-IQTISODIY KOʻRSATKICHLARINI SIFATLI BAJARILISHINI TAʼMINLASHGA BAGʻISHLANGAN VIDEOKONFERENSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI

2022-yil 22-dekabr

Joriy yilning 22-dekabr kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari kesimida moliyaviy-iqtisodiy holatlarning barqarorligini taʼminlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda muammolarning yechimi boʻyicha tegishli choralarni qabul qilish yuzasidan videokonferensiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

TALABA-YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MAQSADIDA “O‘ZKIMYOSANOAT STIPENDIYASI” TA’SIS ETILDI

2022-yil 22-dekabr

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan so‘ngi yillar davomida yoshlarga juda ko‘plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zkimyosanoat stipendiyasi” ta’sis etildi. Ushbu stipendiya sohibi bo‘lish imkoniyati Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali talabalariga beriladi.

“O’zkimyosanoat” AJ tomonidan Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Dehqonobod kaliy zavodi” AJga tashkillashtirilgan press-tur boshlandi

2022-yil 21-dekabr

Unda yurtimizning nufuzli ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etishmoqda. Tadbirni “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ boshqaruv raisi Raxmat O’sarov korxonaning tarixi, bugungi kundagi faoliyati va erishilayotgan natijalarga bag’ishlangan nutqi bilan ochib berdi.

O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 20-dekabr sanasidagi savdo yakunlari

2022-yil 20-dekabr

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2022-yil 20-dekabr sanasidagi yakuni bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.