Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


Xotira va qadrlash — avlodlarni bog‘lovchi muqaddas rishta

2026-yil 8-may


9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda korxona xodimlari hamda mehnat faxriylari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” va “Inson qadri ulug’, xotira muqaddas” shiori ostida ma’rifat soatlari tashkil etildi.

Tadbir davomida faxriylar o‘zlarining boy hayotiy tajribalari, mehnat faoliyati va Vatanga sadoqat haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashib, yosh avlodga ibrat bo‘ladigan muhim saboqlarni ulashdilar. Samimiy ruhda oʻtgan uchrashuv avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy bog‘liqlikni mustahkamlash, keksa avlodga hurmat-ehtirom ko‘rsatish hamda xotira va qadrlash qadriyatlarini keng targ‘ib etishga xizmat qildi.


“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Matbuot xizmati

Oxirgi yangilangan vaqti: 2026-yil 8-may


Ulashish:
Yuklab olish: