Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


Xitoy kimyo sanoatidagi sanoat robotlari soni boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinni egalladi

2025-yil 25-iyul

2023-yil yakuni boʻyicha Xitoyning kimyo sanoati korxonalarida 66,1 mingta sanoat roboti ishlagan. Bu koʻrsatkich boʻyicha mamlakat dunyoda birinchi oʻrinni egalladi. Ikkinchi oʻrinda AQSh (29,8 mingta), uchinchi oʻrinda esa Germaniya (22,9 mingta) joylashgan.

Xitoyning yetakchi oʻrinni egallashiga davlatning bu sohaga katta eʼtibor qaratayotgani sabab boʻlmoqda. Xususan, kimyo sanoati korxonalari robototexnika rivojlanishi boʻyicha rejada asosiy yoʻnalishlardan biri sifatida belgilangan.

Eʼtiborlisi shundaki, yetakchi 15 davlatdan 10 tasi —Yevropa Ittifoqi aʼzolari va Buyuk Britaniya hisoblanadi. Ammo Fransiya, Germaniya, Avstriya va Ispaniya kabi mamlakatlarda yangi robotlar oʻrnatilishi surʼati pasaymoqda. Bu holat ichki talabning kamayishi, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining qisqarishi va elektr energiyasi narxining yuqoriligi bilan bogʻliq.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
 

Oxirgi yangilangan vaqti: 2025-yil 25-iyul


Ulashish:
Yuklab olish: