Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


“Oʻzkimyosanoat” AJ Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasida ishtirok etmoqda

2025-yil 30-oktabr

  Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida  Hududiy tarmoqalararo sanoat yarmarkasi boʻlib oʻtmoqda. Ikki kun davom etadigan hududiy sanoat yarmarkasining maqsadi, yirik tarmoq korxonalari hamda hududiy tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, ishtirokchilarga respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar to‘g‘risida axborotlarni taqdim etish, yangi shartnomalar imzolash, hamkorlikda istiqbolli loyihalarni rejalashtirish, mahalliylashtirish boʻyicha kelishuvlarga erishish hamda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish hisoblanadi. 

  Ushbu yarmarka neft va gaz sanoati, elektr-energetikasi, kimyo sanoati, charm-poyabzal, to‘qimachilik, elektrotexnika va farmatsevtika sanoati sohalariga ixtisoslashgan tarmoq va hududiy korxonalar oʻrtasida kooperatsiya aloqalarni yanada mustahkamlash bilan birga, kichik biznes subyektlari uchun ham yanada katta imkoniyatlar eshigini ochadi.


 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati

Oxirgi yangilangan vaqti: 2025-yil 11-noyabr


Ulashish:
Yuklab olish: