2015 yilning I choragi yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” DAK korxonalari faoliyati to'g'risida
2015-yil 17-aprel
2015 yilning yanvar-mart oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 518.9 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 107,8%) hamda 42,8 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 108,4%) ishlab chiqarildi.2015-yil 22-mart
Barchangizni go'zallik va nafosat bayrami – 8 mart –Xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etib, Sizlarga o'zimizning yuksak hurmat-ehtirom va samimiy tabriklarimizni izhor etishga ijozat bergaysiz.
Hayotingizda rizqi-nasibangiz ziyoda, go'zallik va mehr-muhabbat doim Sizga yor bo'lsin!
Oilangizning baxtu-saodatini, farzandlaringizning kamolini ko'rish har biringizga nasib etsin!
Ishlab chiqarish hajmi oshmoqda
2015-yil 12-mart
Qashqadaryo viloyatidagi “Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodi” unitar korxonasida keng ko'lamli qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Prezidentimizning 2011 yil 17 noyabrdagi “Dehqonobod kaliyli o'g'it zavodini ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish (II-bosqich)” investitsion loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo'lmoqda.2014 yil yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” DAK korxonalari faoliyati to'g'risida
2015-yil 22-yanvar
2014 yilning yanvar-dekabr oylarida "O'zkimyosanoat” korxonalarida 2011.5 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 106,8%) hamda 171,9 mlrd so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 109,7%) ishlab chiqarildi. Sof holda 1212,1 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 979,24 ming tonna azotli o'g'itlar, 136,51 ming tonna fosforli o'g'itlar va 96,36 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.2014-yil 30-dekabr
“O'zkimyosanoat” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi mamlakatimiz kimyogorlari nomidan butun O'zbekiston xalqini Yangi 2015 yil bilan muborakbod etib, barchaga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat va mustahkam sog'liq tilaydi. Jonajon Vatanimizning gullab-yashnashi yo'lidagi ezgu ishlaringizda hamisha omad yor bo'lsin, aziz hamyurtlar!2014-yil 23-oktabr
2014 yilning 9 oyi yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1479 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 104,1%) hamda 140,7 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 129,5%) ishlab chiqarildi. Sof holda 881,91 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 718,55 ming tonna azotli o'g'itlar, 101,72 ming tonna fosforli o'g'itlar va 61,64 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.Istiqlolimizning 23-yilligi bilan tabriklaymiz!
2014-yil 26-avgust
“O'zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi respublikamiz kimyogarlari nomidan O'zbekiston xalqini hammamiz uchun eng ulug', eng aziz sana – Vatanimizning Mustaqillik kuni, Istiqlolimizning 23-yilligi bilan tabriklaydi!
Ushbu nurafshon ayyomda barchaga mustahkam sog'liq, yaxshi kayfiyat,oilaviy baxt-saodat va yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!
El-yurtimiz omon, osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!
NPK murakkab mineral o'g'itni ishlab chiqarish
2014-yil 11-avgust
«Samarqandkimyo» AJ NPK murakkab mineral o'g'itni ishlab chiqarishni boshladi (15:15:15). Mazkur o'g'itni bo'yicha savollar va qiziqishlar bilan «Zzkimyosanoat» DAK ning Markenting va TIA boshqarmasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojjat qilishingiz mumkin: (998 71) 140 74 52, (998 71) 140 74 36.2014-yil 22-iyul
2014 yilning I yarimyilik yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” korxonalarida 995,3 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 103,6%) hamda 91,3 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 134,4%) ishlab chiqarildi. Sof holda 589,68 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 466,87 ming tonna azotli o'g'itlar, 76,44 ming tonna fosforli o'g'itlar va 46,37 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.2014-yil 15-aprel
2014 yilning I chorak yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” korxonalarida 439,3 so'mlik tovar mahsulot hamda 44,0 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari ishlab chiqarildi. 2014 yil Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni bajarish doirasida “O'zkimyosanoat” DAK korxonalari tomonidan 18,24 mln.dollar hajmida investitsiyalar o'zlashtirildi