2019-yil 30-dekabr
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati barcha vatandoshlarimiz va yurtimiz mexmonlarini kirib kelayotgan yangi 2020 yil bilan muborakbod etadi! Ushbu baramona kunda Sizga va oila a'zolaringizga sihat-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, yurtimiz obodligi va xalqimiz farovonligi yo'lidagi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!Polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi ishga tushirildi
2019-yil 28-dekabr
«Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatida 28 dekabr kuni Polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi ishga tushirildi. Shu munosabat bilan o'tkazilgan marosimda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirok etdi.2019-yil 28-dekabr
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida barpo etilayotgan yangi korxonalar qurilishini borib ko'rdi.Amerika-O'zbekiston savdo sanoat palatasi raisi Kerolin Lemm “O'zkimyosanoat” AJga tashrif buyurdi
2019-yil 20-dekabr
Bugun “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida “White & Case LLP” kompaniyasining katta boshqaruvchisi, Amerika-O'zbekiston savdo sanoat palatasi raisi Kerolin Lemm bilan muzokaralar o'tkazildi.Yashil texnologiyalar, atrof-muhitni muhofaza qilish va utilizatsiya qilish
2019-yil 18-dekabr
Janubiy Koreyaning “GDM ECO” kompaniyasi taklifiga binoan “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida “GDM ECO” kompaniyasi rahbariyati va “O'zkimyosanoat” AJ tizmiga kiruvchi korxona va tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.Ijro intizomi nazorati yagona tizimi bilan ishlash borasida seminar tashkil qilindi
2019-yil 14-dekabr
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida ijro intizomini yaxshilash, topshiriqlar bajarilishini sifatliligini oshirish va qog'ozdagi hujjat almashinuvini kamaytirishga qaratilgan dasturlarga asosan, ko'p yillar davomida elektron hujjatlar va hisobotlar almashinuvining turli ko'rinishlari va metodlarini joriy qilish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.Huquqiy savodxonlik – fuqarolik jamiyatining asosi
2019-yil 13-dekabr
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati kichik majlislar zalida joriy yilning 12 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O'zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5729-sonli Farmonining “O'zkimyosanoat” AJ va uning tizimidagi korxonalarda ijrosini ta'minlash, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentyabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida”gi O'RQ-561-sonli hamda 2019 yil 2 sentyabrdagi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida”gi O'RQ-562-sonli Qonunlarini mazmun-mohiyatini jamiyatning markaziy apparati xodimlari o'rtasida targ'ib qilishga qaratilgan “Huquqiy savodxonlik – fuqarolik jamiyatining asosi” mavzusidagi tadbir o'tkazildi.“O'zkimyosanoat” AJ sanoat korxonalarining joriy yil 11 oylik faoliyati yakunlari sarhisob qilindi
2019-yil 13-dekabr
“O'zkimyosanoat” AJ sanoat korxonalari tomonidan 2019 yil yanvar-noyabr oylarida qiymati 5,8 trillion so'mdan ziyod bo'lgan tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi, 2018 yilning shu davriga nisbatan ishlab chiqarishning o'sish sur'ati 105,9%ni tashkil etdi.“Jizzax Plastmassa” AJ Ustav kapitalining 25% miqdordagi ulushi IPO orqali amalga oshiladi
2019-yil 12-dekabr
Bugun City Palace mexmonxonasida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimiga kiruvchi “Jizzax Plastmassa” AJ Ustav kapitalidagi aksiyalarining birlamchi ommaviy taklifini (IPO) o'tkazish yuzasidan rasmiy marosim tashkil etildi.“Karbonat angidrid ishlab chiqarish” investitsion loyihasi amalga oshiriladi
2019-yil 11-dekabr
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida 2019 yil 10 dekabr kuni “Air Products” (AQSh) vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida “Navoiyazot” AJ bazasida “Karbonat angidrid (SO2) ishlab chiqarish” investitsion loyihasi doirasida qo'shma korxona tuzish muhokama qilindi. Loyiha doirasida shuningdek, loyihaning texnik, moliyaviy, iqtisodiy tomonlari (detallari) ham muhokama qilindi.