Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


Tarmoq yangiliklar

D.I.Mendeleev nomidagi RKTU Toshkent shahridagi filialiga ikkinchi kirish imtihonlari o'tkazildi

2021-yil 15-iyul

Bugun 15 iyul kuni D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent shahridagi filialining matematika fani bo'yicha ikkinchi kirish imtihoni bo'lib o'tdi. Imtihon jarayonini onlayn tarzda test2021.muctr-tashkent.uz manzili orqali kuzatish imkoniyati yaratildi.

Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialiga kirish imtihonlarining ikkinchi kuni boshlandi

2021-yil 15-iyul

D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida 2021-2022 yangi o'quv yili uchun kirish imtihonlarining ikkinchi kuni boshlandi. Bugun matematika fanidan imtihon jarayonlari bo'lib o'tmoqda.

D.I.Mendeleev nomidagi RKTU Toshkent shahridagi filialiga kirish imtihonlari o'tkazildi

2021-yil 14-iyul

Bugun 14 iyul kuni D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent shahridagi filialining birinchi kirish imtihoni kimyo fani bo'yicha bo'lib o'tdi. Imtihon jarayonini onlayn tarzda test2021.muctr-tashkent.uz manzili orqali kuzatish imkoniyati yaratildi. Imtihonlar 14-16 kunlari uchta fan: kimyo, matematika va rus tili fanlari bo'yicha o'tkaziladi.

D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida 2021-2022 yangi o'quv yili uchun imtixon jarayoni boshlandi.

2021-yil 14-iyul

Abiturientlar uchun eslatma Filialga hujjatlarni topshirish 15 iyulgacha uzaytirildi. 14 va 15 iyul kunlari hujjatlarni topshirgan abiturientlar uchun imtihon sinovlari 15 iyuldan boshlanadi hamda 17 iyul kuni qo'shimcha rezerv kuni bo'lib o'tadi.

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati rahbar va xodimlarini koronavirus infektsiyasiga qarshi emlash tadbiri o'tkazildi.

2021-yil 13-iyul

Tashkilot xodimlarini koronavirus infektsiyasiga qarshi emlashda ZF-UZ-VAC 2001 nomli Xitoy-O'zbek vaktsinasidan foydalanildi.

O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 12 iyul sanasidagi savdo yakunlari

2021-yil 12-iyul

Joriy yilning 12 iyul kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 9753 tonna 19982,0 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. O'tgan hafta bu ko'rsatkich yuqori bo'lgan ya'ni 9 iyul kuni 23559,1 mln. so'mlik 10811 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.

Yashnobod tumanida “Mahallabay” ishlash tizimi orqali xotin-qizlar bandligini ta'minlash va tadbirkorlik faoliyatini boshlashga ko'maklashilmoqda

2021-yil 12-iyul

Mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan joriy etilgan “Mahallabay” ishlash tizimiga muvofiq “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Yashnobod tumanining 9 ta mahalla fuqarolar yig'inida “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Abiturientlar diqqatiga! Ajoyib hushxabar!

2021-yil 9-iyul

Filialga hujjatlarni topshirish 15 iyulgacha uzaytirildi. Imtihonlar jadval asosida 14 iyuldan boshlanadi. 14 va 15 iyul kunlari hujjatlarni topshirgan abiturientlar uchun imtihon sinovlari 15 iyuldan boshlanadi hamda 17 iyul kuni qo'shimcha rezerv kuni bo'lib o'tadi.

O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 9 iyul sanasidagi savdo yakunlari

2021-yil 9-iyul

Joriy yilning 9 iyul kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 10811 tonna 23559,1 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko'rsatkich past bo'lgan ya'ni 8 iyul kuni 17113,2 mln. so'mlik 8284 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining tizimdagi yoshlar yetakchilari va faol yosh kadrlari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

2021-yil 9-iyul

Yig'ilishda yoshlar yetakchilari tomonidan yarim yillik hisobotlar tinglandi. Yoshlarga qo'yilgan eng ustuvor vazifalardan biri kimyo sanoatini rivojlantirish hamda yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish to'g'risida innovatsion loyihalar ustida ishlash ekanligi ta'kidlandi.