Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


Tarmoq yangiliklar

“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QKda “O`zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarining bosh muhandislari ishtirokida konferensiya o`tkazildi

2022-yil 1-noyabr

“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QKda “O`zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarining bosh muhandislari ishtirokida, ishlab chiqarish quvvatlaridan unumli foydalanish, ishlab chiqarish boʻyicha muammolarni koʻrib chiqish va ularni ijobiy hal etish, mahsulotlarning tannarxini tushirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni hamkorlikda sifatli olib borish hamda erishilgan yutuqlar boʻyicha tajriba almashinishni tashkil etish yuzasidan konferensiya bo`lib o`tdi.

Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʻminlash hamda davlat tili toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi

2022-yil 31-oktabr

Joriy yilning 31-oktabr kuni “Oʻzkimyosanoat” AJda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʻminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 595-son qarori ijrosini taʻminlash hamda davlat tili toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 31-oktabr sanasidagi savdo yakunlari

2022-yil 31-oktabr

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2022-yil 31-oktabr sanasidagi yakuni bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ axborot va kiberxavfsizlikning taʼminlanganligi holati boʻyicha eng yuqori natija qayd etgan top 20 davlat va xoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari qatoridan joy oldi

2022-yil 26-oktabr

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-iyundagi PQ-4751-sonli hamda Vazirlar mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi №373-sonli qarorlarida yuklatilgan vazifalarga muvofiq, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK, Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot va kiberxavfsizlikning taʼminlanganligi holati 2022-yil 3-choragi yakuniy natijalari boʻyicha reyting baholash oʻtkazildi. Baholash “Kiberxavfsizlik markazi” DUKning axborot va kiberxavfsizlik monitoringi tizimidagi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga asoslandi.

Samarqand shahrida o`tkazilayotgan O`zbekiston – Rossiya 3-ta’lim forumida “O`zkimyosanoat” AJ ham faol qatnashmoqda

2022-yil 26-oktabr

Samarqand shahrida O`zbekiston – Rossiya 3-ta’lim forumi o`tkazilmoqda. Unda Oʻzbekiston va Rossiya tomonidan 200 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, ishlab chiqarish korxonalari vakillari, vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etishmoqda. Ta’lim va ilm-fan rivojiga alohida e’tibor qaratuvchi “O`zkimyosanoat” AJ ham ushbu nufuzli tadbirda faol qatnashmoqda. Forumda “O`zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi o`rinbosari Yevgeniy Korjikov ham ma’ruza o`qidi.

O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 25-oktabr sanasidagi savdo yakunlari

2022-yil 25-oktabr

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2022-yil 25-oktabr sanasidagi yakuni bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 24-oktabr sanasidagi savdo yakunlari

2022-yil 24-oktabr

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2022-yil 24-oktabr sanasidagi yakuni bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 21-oktabr sanasidagi savdo yakunlari

2022-yil 21-oktabr

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2022-yil 21-oktabr sanasidagi yakuni bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.

“Qadring baland boʻlsin, ona tilim” tanlovining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi

2022-yil 21-oktabr

Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yanada oshirish, uni milliy qadriyat sifatida targʻib qilish hamda davlat tiliga oid muammolarni hal etish maqsadida oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi hamda Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” respublika tanlovi gʻoliblari eʼlon qilindi.

#Qadring baland boʻlsin, ona tilim!

2022-yil 21-oktabr

21-oktabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan, oʻzbek adabiy tilining asoschisi, buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning haykali poyiga gul qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda “Oʻzkimyosanoat” AJ vakillari ham ishtirok etishdi.